Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

“Oppoq edi boshda bu dunyo, Ko‘cha oppoq, kechalar 
oppoq”
satrlari qissa mazmuniga juda mos tushgan. Chunki tashvish 
nimaligini bilmay o‘ynab-kulib yurgan asar qahramonlarining hayotida 
kichik bir tasodif ro‘y beradi-yu, ularning ko‘ngil olami alg‘ov-dalg‘ov 
bo‘lib ketadi... 
Qissa boshida asar qahramonlari – roviy, Qodir, Mirzaning 
uchastkavoy oldiga chaqirilgani, ularning tunda qilgan “jinoyat”lari 
kitobxonga qulf urilgan eshikdek yopiq va sirli tuyuladi. Biz asar 
qahramonlari bilan birga bir-biridan gashtli voqeliklarga andarmon 
bo‘lib, xayolan turli ko‘chalarga kirib chiqamiz. Shumtakalarning 
piyozni noto‘g‘ri ekib qo‘yib ustozi oldida mulzam bo‘lganlari, 
ilk muhabbati, maktabda ko‘rsatgan sho‘xliklari labimizga kulgi 
yugurtiradi. Shu qatori o‘zimizning ham ko‘z o‘ngimizdan bolalik 
xotiralarimiz lip-lip o‘tadi, ularining qilgan qiliqlari, aytgan 
gap-so‘zlari tanish tuyg‘ularni qo‘zg‘atib, vujudimizni shirin 
to‘lqinlantiradi. Asar qahramonlari bittagina baliq tutganida 
biz ham ularga qo‘shilib quvonamiz, Sadafning xiyonatiga 
uchrab g‘amga botganida esa ularning qayg‘usiga sherik bo‘lib, 
yig‘lagimiz keladi...
Asarning tili ravon. O‘xshatishlardan ham unumli 
foydalanilgan. Masalan, 
“Tuxumini qayerga tug‘ishni 
bilmayotgan tovuqday tipirchilab qoldi”, “Osmon go‘yo qora 
libosga burkangan-u, yulduzlar shu libosning tugmalari…” 
“Pati to‘kilgan yostiqday bo‘shashibgina g‘uldiradi...”
kabi 
poetik manzaralar bunga bir misol.
Asardagi bir voqea, ayniqsa, e’tiborimni tortdi. 
O‘qirman eslasa, asar qahramonlari onasiz qolgan 
BOLALIKNING
ajib ifodasi
Charos AVAZOVA
2001-yili tug‘ilgan. 
Toshkent davlat O‘zbek tili va 
adabiyoti universiteti talabasi. 
Respublika yosh 
ijodkorlarining Zomin 
seminarida ishtirok etgan. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


77
adabiy-ijtimoiy jurnal
chumchuq bolasining omon qolishini 
istab, palaponni boshqa bir chumchuq 
uyasiga solib qo‘yadi. Shunda ona 
chumchuq begona palaponni cho‘qilab, 
inidan haydaydi. Voqea esa aynan 
Mirza ota-onasining o‘gay farzand 
asrab olganliklarini eshitgan, ammo 
o‘sha o‘gay farzand kim – ukasimi 
yoki o‘zi ekanini aniqlolmay yurgan 
paytlarida sodir bo‘ladi. Menimcha, 
muallifning begona palaponni 
uyasidan haydagan ona chumchuq 
bilan, begona farzandning boshini 
silagan ona obrazini parallel 
qo‘yishida ma’lum bir maqsad 
bor. Bu maqsad, shubhasiz, 
insoniy fazilatlarni aks ettirishga 
qaratilgan. Zero, bolaning begonasi 
bo‘lmaydi, degan tushuncha faqat 
insonlargagina xos.
Asarda bunday tuyg‘u va 
kechinmalarning tarannumi 
talaygina. Masalan, begona 
qishloqda kurash tushib g‘olib 
bo‘lgan Qodir o‘z ovuli nomini 
aytmagunlaricha, yutuqni qo‘lga 
olishni istamaydi. Nima sababdan 
shunday qilgani so‘ralganida esa 
buni tushuntirib berolmaydi. 
Garchi Qodirning o‘zi nima 
uchun bunday qilganini 
anglamasa-da, kitobxon yaxshi 
his etsa kerak. Insonda mana 
shunday murakkab tuyg‘ular 
bor. Unga har qanday yutuqdan 
ko‘ra, sha’n muhim! Yoki baliq 
tutish jarayonini olaylik. Ov 
baroridan kelmaydi. Bolalar 
umidsiz bir alfozda ortga 
qaytmoqchi bo‘ladi. Shunda 
Qodir Mo‘minning ov haqida 
onasiga aytib qo‘yganini 
eshitib:
– Endi uch-to‘rtta 
bo‘lsayam, baliq 
obormasak, enangdan uyatga qolamiz, – deydi. Keyin loy-
balchiqqa belansalar-da, uyatga qolmaslik, yolg‘onchiga 
chiqmaslik uchun baliqni obdon izlashga tushadilar...
Ammo qissaning muvaffaqiyatini belgilagan 
eng muhim omil bular emas. Asarning eng katta 
muvaffaqiyati shundaki, u kutilmagan xotimasi bilan 
o‘quvchining qahramonlar haqidagi taassurotlarini 
ham mutlaqo boshqa tomonga burib yuboradi. Bu 
o‘quvchi asar boshidan beri o‘zini yetaklab yurgan 
tilsimning kalitini topganda, nihoyat barcha voqealar 
oydinlashganda sodir bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, asarning 
bosh qahramoni aslida kim ekani aynan qissa 
nihoyasiga kelibgina ayon bo‘ladi. Mutolaa davomida 
o‘quvchi ongida lapashang, qo‘rqoq, bo‘sh-bayov bola 
sifatida gavdalanib kelayotgan Mo‘minning o‘ziga 
xos xarakteri ochilishi, ya’ni o‘quvchiga uning ariqqa 
qulab tushgani emas, balki ataylab sakragani, kiyimlari 
yonib ketgan do‘stlarini tashlab qochgani emas, balki 
ularga kiyim topib kelishga shoshilgani, Sadafning uyiga 
do‘stlari bilan qo‘shilib borishdan qo‘rqoqligi tufayli emas, 
dovyurakligi, vijdoni pok ekanligi uchun bosh tortgani, 
qolaversa, uning o‘z do‘stlarini sotmaydigan darajada 
jasoratli ekani ma’lum bo‘ladi.
Men asarni to o‘qib tugat magunimcha sarlavha noto‘g‘ri 
tanlangan, degan fikrda edim. Nihoyat, mutolaa so‘ngidagina 
muallif asarni asosiy voqea tunda ro‘y bergani uchungina 
emas, balki o‘spirinlikning kechinmalarga boy ruhiy olamini 
ochib berish uchun “Tunkezar bolalar” deb nomlaganiga amin 
bo‘ldim.
Asarning shuncha yutuqlariga qaramay, unda ayrim 
uslubiy kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi. Bir o‘rinda 
“Sadaflarning 

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin