79
QALDIRG‘OCH
Kulib yashayman
Ona aziz, ona tabarruk,
Ona mehrin tuyib yashayman.
Onam ko‘zi yoshlanmasin deb
Men hamisha kulib yashayman!
Yuragiga quyosh bo‘lay deb,
Sabr bo‘lay, bardosh bo‘lay deb,
Bir mehribon sirdosh bo‘lay deb,
Men hamisha kulib yashayman!
Dardim olib bo‘ladi malham,
Chin do‘stim ham aslida onam.
Shod bo‘lsin deb aziz, yagonam,
Men hamisha kulib yashayman!
Haqiqatni
oshkor etaman,
O‘zi bergan dardni, netaman…
Umidim bor – yurib ketaman,
Men hamisha kulib yashayman!
Yaratganning mehrini men ham
Chin yurakdan tuyib yashayman.
Shodligimdan yorishar olam,
Men hamisha kulib yashayman!
Shodligimdan
yorishar olam
Maqsad
Yurakni bir alam chulg‘agan mahal,
Ruhimni ezg‘ilab, qalbim tildilar,
Bu yorug‘ dunyoni boshga ko‘tarib,
Bejiz kelmaganim, balki, bildilar.
Go‘dakdek beg‘ubor,
guldek beozor,
Dilimga bardoshdan qasr quraman.
Qismatning sinovli dovonlarida
Men asta jilmayib, mamnun turaman.
Bu hayot talabi, qonuni ham shu –
Daryo ham bir tekis oqavermaydi.
Yo‘lidan adashgan g‘arib ko‘ngilga
Har bir yaxshilik ham yoqavermaydi.
Bugundan qalbimda jo‘sh urar bir so‘z,
Ushalmas tuyg‘ular ko‘nglimdan ketsin!
Mard Rahmon bardoshin baralla kuylab
Shoirlar doston-u ash’orlar bitsin!..
Dostları ilə paylaş: