G‘ayrat XUDOYOR
Sevmay bo‘lurmi!
Do‘st bo‘lib kelsang agar, otlarimga mindirgum,
Daryo bo‘lib loylasang, ko‘zyoshim-la tindirgum,
G‘anim bo‘lib kelsang gar, oyog‘ingni sindirgum,
Bunday yurtni, do‘stlarim, ayting sevmay bo‘lurmi?!
Tongda turib boqaman ko‘kning yuzi beg‘ubor,
Qay ko‘chaga kirsang ham, topolmaysan bir g‘ubor,
Xohlaganing so‘rayqol, topiladi – bari bor,
Bunday yurtni, do‘stlarim, ayting sevmay bo‘lurmi?!
Ota-onam duosidan cho‘qqilardan oshgayman,
Yurtim jamolin ko‘rib, men g‘urur-la toshgayman,
Toshkentda ijod qilib, Samarqandga shoshgayman,
Bunday yurtni, do‘stlarim, ayting sevmay bo‘lurmi?!
Shoh Bobur Hindistondan to‘lib-toshib kelsaydi,
Gulga to‘la bu yurtni Cho‘lponlar ham ko‘rsaydi,
Ona Vatan ularni hali hamon qo‘msaydi,
Bunday yurtni, do‘stlarim, ayting sevmay bo‘lurmi?!
Hayajondan kengayib o‘ynar ko‘krak qafasi,
Olisdan seziladi ajdodlarning nafasi,
Dunyo husningga oshiq kelayapti havasi,
Bunday yurtni, do‘stlarim, ayting sevmay bo‘lurmi?!
G‘ayrat bugun maqtanib gapirmadi ataydan,
Hali o‘tib ketamiz Amerika-yu Xitoydan,
Buyuk farzandlar chiqar jannatmakon bu joydan,
Bunday yurtni, do‘stlarim, ayting sevmay bo‘lurmi?!
JURNALXON IJODIDAN
www.ziyouz.com kutubxonasi
Iste’dodli yozuvchi Nazar Eshonqul
1962-yili Qashqadaryo viloyati Qamashi
tumanidagi Tersota qishlog‘ida tug‘ilgan.
1979-yili o‘rta maktabni tugatib, Toshkent
davlat universitetining Jurnalistika fakultetida
(1981–1986) hamda shu universitet
aspiranturasida (1986–1991) tahsil oldi.
Shundan keyin O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon
adabiyoti” jurnalida ishladi. 1997-yildan
buyon O‘zbekiston teleradiokompaniyasida
faoliyat yuritib keladi.
Nazar Eshonqul o‘zbek nasriga, ayniqsa,
hikoyachiligiga yangi ovoz, yangi ruh olib
kirdi. U mana shu janrni Sharq va G‘arb
adabiyoti an’analari bilan uyg‘unlashtirayotgan
adiblardan biridir. Ilk asari – “Urush odamlari”
qissasidan (1989) so‘ng, “Ufq ortidagi quyosh”,
“Maymun yetaklagan odam” (2004), “Shamolni
tutib bo‘lmaydi” (2005), “Momoqo‘shiq” (1991),
“Yalpiz hidi” (1996), “Shaftoli guli” (2011), “Go‘r
o‘g‘li yoxud hayot suvi” nomli kitoblari nashr
qilingan.
Xuan Karlos Onettining “Hikoyalar va
qissalar”ini, Alber Kamyuning “Esselar”ini,
A.Chexovning “Boloxonali uy” hikoyasini va
boshqa ko‘plab dunyo adabiyoti namunalarini
o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Dostları ilə paylaş: |