Yo‘qotilgan
bolalik
Hikoya
61
QALDIRG‘OCH
K
uzning izg‘irinli oqshomida arava surgan bola shahar
ko‘chasida sarson kezadi. Bolaning oyog‘idan nam o‘tib, uyushib
og‘riydi. Betob, madorsiz singlisi yotgan aravacha dastagidan
ushlagan qo‘llari muzlagan, xuddi tilingan joyi achishayotgandek
his qiladi. Ammo o‘zini majburlab bo‘lsa ham, qiziq-qiziq gaplar
topib singlisini kuldirishga urinadi. Go‘yo singlisining ma’yus
tortgan ko‘zlari yumilib ketsa, boshqa ochilmaydigandek. Uning
so‘lg‘in, za’faron chehrasiga tikilganida qalbi titrab, ko‘rikdan
o‘tkazish uchun qabul qilmagan shifokorni so‘kadi. Vaqt o‘tgan
sayin singlisining so‘lib borayotganiga qarab shifokorga o‘z
vaqtida jazo bermaganiga, ya’ni uni qo‘lga tushgan narsa bilan
savalamaganiga afsuslanadi. Shifokor bemorga bir ko‘z tashlab
qo‘yib, “Avval ro‘yxatdan o‘tinglar, so‘ng tekshiramiz”, degandi.
Shunda yolvorgancha, “Kimligimizni bilmaymiz, yetimmiz, ota-
onamizni ham tanimaymiz. Singlimning ahvoli og‘ir, bir tekshiring,
bo‘lmasa o‘lib qoladi”, deya zorlanib yolvorgan edi. Shifokor esa
parvo qilmadi. Qayta-qayta iltimos qilavergach, u yerdan haydab
chiqarishdi.
Qizning chehrasidan nur so‘nib boryapti, ingroq sasi zo‘rg‘a
eshitiladi. Har safar singlisiga ko‘zi tushganida o‘zining ojizligini
ko‘radi, mushtdekkina tanasini iztiroblar majaqlab tashlagandek
bo‘ladi. Qizaloq hamon jim, akasining so‘kinishlari qulog‘iga
uzuq-yuluq eshitiladi. G‘ira-shira qorong‘ilik tusha boshlagan,
aravachada o‘tirgan qizaloqning ko‘ziga ko‘chalar juda xunuk
ko‘rinadi, akasining nafrat bilan “Nomard!” degan so‘zi dardli
yuragiga tig‘dek botadi. Nomard – uning uchun eng dahshatli
so‘z. Bu so‘z ularni ota-onasidan ajratgan. Er-xotinni bir-biridan
ajratgan. Akasi shifokorga yolg‘on gapirganida hayratlandi. Chunki
ularlar yetim emas, ota-onasini yaxshi eslaydi. Ancha yillar oldin
janjallashib bolalarini tashlab ketishgan. Akasi ota-onasini endi
kechirmaydi, buni uning gaplaridan, begonalik, sovuqlikdan
angladi. Go‘yo ko‘z oldida o‘sha janjal namoyon bo‘ldi: qaysi bir
joyda mashina to‘xtaydi, onasi old o‘rindiqda yig‘laydi, bolalariga
Dostları ilə paylaş: