55
adabiy-ijtimoiy jurnal
Siz shoshib yo‘ldan adashdingiz.
Bu yo‘ldan baxt manziliga yetib
borolmaysiz. Men shunday
shoshqaloqlik qurboni bo‘lganman.
Buning og‘riq, iztiroblarini bila
turib yana qanday qilib sizning
ayolingizga ham buni ravo ko‘rishim
mumkin?
– Ajrashishimga sabab faqat siz
emas. Biz baxtli emasdik avvaldan.
– Siz shunday hisoblaysiz.
Undan so‘radingizmi hech? Ayol
uchun erining ishdan qaytishi,
u bilan ko‘cha aylanish, u uchun
ovqat tayyorlash, u uchun pardoz
qilishning o‘zi baxt! Afsuski, erkaklar
buni tushunmaydi. Naqadar
xudbinsizlar! Baxtni boshqa yerdan
izlamang, oldingizdagi baxtni ko‘ra
bilishingiz kerak... Yetib keldim, shu
yerda tushib qolaman.
Mashina to‘xtadi, Farida
eshikni ochib tushishi bilan kutib
turgan o‘g‘li yugurgancha uning
bag‘riga keldi. Shu tobda o‘g‘limni
qanchalar sog‘inganimni his qildim.
Qulog‘imda esa hamon Latofatning
gapi jaranglab turardi. “Naqadar
xudbinsizlar... Baxtni ko‘ra bilish
kerak!” U haq edi. Baxtni uzoqlardan
izlabman, ko‘z oldimdagi baxtni
ilg‘amabman. O, Farida, qanchalar
munis, qanchalar yaxshi edi u!
Imkonidan ortiq baxt talab etdim
undan. Ko‘z oldimga Farida... Faridam
keldi-yu, unga bergan ozorim uchun
o‘zimdan nafratlanib ketdim.
* * *
Shivalab yomg‘ir yog‘ardi. Men
shoshar edim, o‘z yo‘limga, o‘z
manzilimga, baxtim manziliga behad
shoshar edim. Faqat bir savol... u
meni kutayotganmikan?!
Ulug‘ kasb
Oftobga o‘xshar ustoz,
Olamga sochar ziyo,
U-la qilasiz parvoz,
Ochilar yangi dunyo.
Olam asli sinoat
Adolat yo‘l – ma’rifat,
Bunda sabr-u qanoat,
Va ilmda karomat.
Ustoz – bitmas shijoat,
Bor mehnati matonat.
Mehnati ham ibodat,
Ibodati – mashaqqat.
Ustoz – hayot chashmasi,
Daryolar quyilar yer.
Bir xulosam qisqasi –
Kelajakka qanot ber.
Dostları ilə paylaş: