Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Nilufar SA’DULLAYEVA
Jizzax davlat pedagogika 
instituti talabasi
Uyg‘oq yuraklar
Mavlono Rumiy 
yozadilar: “Tilingdan av
-
val qalbingni tarbiya qil. 
Chunki so‘z qalbdan kelib 
tildan chiqadi”. Ming af
-
suski, qalbdan kelayotgan 
izhorlarini ham o‘z ona 
tilida epaqaga solib ayta 
olmaydigan ziyolilari-
mizni (aynan shu toifani) 
ko‘rganingda o‘ylanib qo
-
lasan…
Rumiy aytmoqchi: 
Ijtimoiy hodisa, avvalo, 
qalbda yuz berishi kerak. 
Qalbda shakllanmagan “Ij
-
timoiy hodisa”ni so‘z qilib 
qonunga aylantiraverish 
esa salla havoda muallaq 
qolib, tanani boshdan judo 
aylashga o‘xshab qolyapti…
Ko‘p gap eshakka yuk 
edi. Hozir esa gap berib 
o‘tirmasdan, shuncha
-
ki yozib qo‘ya qolsangiz 
ham, zotdor otlardan 
tortib it-mushuklargacha 
ensasi qotadigan zamon. 
Shu sabab so‘zimiz oxirida 
Mavlono orzu qilgan o‘sha 
qalb tomon biroz yaqin
-
lashishga urindik. Zero, 
qalb – Allohniki, deyish
-
gan. Alloh esa bizni turkiy 
qavm da yaratganini unu-
tib qo‘ymaylik. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


50
QALDIRG‘OCH
– Biz Atlantidaga aylanib boryapmiz!
Roziya Ziyodning bu kabi ajabtovur gaplariga ko‘nikib 
qolgan. Har holda o‘zi ham adabiyot odami. Ziyodning boshqa 
bir olami borligini yaxshi biladi. Aslida, Roziyaning ko‘ngli ham 
Ziyodning ana shu o‘zgacha olamiga tushgan edi. Talabalikning 
ilk yili o‘zidan bir kurs yuqori, doim xayolchan yuradigan bu 
yigitga avvaliga deyarli e’tibor qilmagandi. Bir kun devoriy 
gazetada chiqqan she’rlarini o‘qib qoldi-yu... Bu qadar birda keskir, 
birda nafis satrlarni avval hech qayerda o‘qimagan edi. Shu-
shu zimdan bu yigitni kuzatadigan, yangi she’rlarini kutadigan, 
daftariga ko‘chiradigan bo‘ldi. Ammo andishadan hatlab bir 
qadam tashlamadi. Ko‘ngliga tushgan bu yoqimli va otashin hisni 
kundaligidan o‘zgasi bilmadi. Keyin taqdir bo‘ldimi, tasodif bo‘ldimi, 
kunlardan bir kun Ziyod qizni bezorilardan qutqardi...
– Rahmat!
– Arzimaydi! Bemahalda yaxshimi ko‘chada yurishingiz?
Roziya qizardi. “Nilufarnikida qolaversam bo‘larkan. Nimagayam 
ko‘nmadim-a?! Bir kun dars qilmasam, osmon uzilarmidi?! Endi men 
haqimda nima deb o‘ylaydi?!”
– Dugonamnikidan qaytayotgandim – aybdor odamday pichirladi.
– Ha, mayli, qayerda turasiz, kuzatib qo‘yaman? Yana shilqimlarga 
uchramasligingizga kafolat yo‘q. Yaxshilikni oxirigacha qil deyishgan!
– Rahmat. Uncha uzoq emas, keyingi ko‘chadagi universitet 
yotoqxonasida turaman, o‘zim ketaveraman. 
Ziyod “yuring” deb turavergach, jimgina ergashdi. Birga ketyapti-
yu, boshida ming bir o‘y charx uradi. “Yo tavba, nega rozi bo‘ldim 
unga? Bir institutda o‘qishimiz, she’rlarining ajoyib ekanidan boshqa 
narsa bilmayman-ku. Yaxshi shoir yaxshi odam deganimas-ku. Balki, 
yomon yigitdir. Xilvatroq joyda o‘zi tegajog‘lik qilsa-chi? Odamning 
olasi ichida bo‘ladi, tashqaridan sipo ko‘ringani bilan... Yo Xudoyim! 

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin