47
adabiy-ijtimoiy jurnal
Toshkent ko‘chalarini kezar ekansiz,
aksar tadbirkorlik foaliyatini olib boruv-
chi binolar nomi yoki e’lonlarni ko‘rib,
davlat tilining holiga achinadi. Agar
o‘zga sayyoradan kimdir kelib qolsa, bu
yurtda asosan
rus va ing lizlar yashar
ekan, deya tortinmay ayta oladi. Chunki
bu vaqtda ko‘chada o‘zbek nomi ostida
rusgami yoki boshqa millat vakiliga
o‘sha tilda yaltoqlanayotgan bo‘ladi-da.
To‘g‘ri, bu muammolar ning g‘ozi ancha
yengil bo‘lib qolganga o‘xsha yapti. Har
safar
shu muammolarni eshitaverib
quloq ham bunga moslashdi, umuman
e’tibor bermas darajaga keldik. Axir,
biz o‘zbek tilini o‘rganib nima qilamiz,
biron joyga ish so‘rab borsak, rus tilini
bilishimizni so‘rayapti,
chetga chiqish
uchun ingliz tili kerak, chunki yaxshi
yashash kerak, deya har safar o‘zimizni
oqlaymiz, ammo…
Bobomiz sovet davrida yashab dos
-
ton aytdi – sof o‘zbek tilida, momomiz
cho‘pchak aytdi – sof o‘zbekchada, ota-
miz
kolxozda traktor haydadi, ammo
u-da o‘zbekcha qo‘shiq aytdi, onamiz
alla aytdi – o‘zbekchada. Biz-chi?! Bugun
yurtda xoinlar yuribdi. Ular o‘z tarixining,
kelajagining xoinlari, yomoni – o‘z tilin
-
ing xoinlari!
To‘g‘ri, tilimiz deya ko‘p kerildik,
qator-qator
qarorlar chiqdi, til ravnaqi
uchun, kitoblar yozildi til haqida jild-jild.
Biz tilimizni keragidan ortiq darajada is
-
loh qildik. Ammo…
Biz bu tilni sevishni o‘rganmadik...
Dostları ilə paylaş: