Mard RAHMONOV
Yozyovon tumanida
yashaydi. U bundan sakkiz
yil ilgari avtohalokatga
uchrab, oyoqlari o‘ziga
bo‘ysunmay qolgan.
O‘smir yigitcha
uch yilda ikki marotaba
miyadan og‘ir operatsiyani
boshdan o‘tkazgan.
Gapirishga ham qiynaladi.
Ammo hayotga, ertangi
kunga umid bilan
yashaydi. Murg‘ak, sof qalb
egasi. Mardning she’riy
mashqlari nekbinligi bilan
o‘quvchini o‘ziga tortadi.
U ota-onaga, Vatanga
muhabbatni, yaxshilik,
mehr-oqibat, bor haqiqatni
sodda va ravon til bilan
ifodalashga harakat qiladi.
Eng muhimi – yuragida
shukronasi bor. Uning
yagona maqsadi – bir kun
kelib o‘rtoqlaridek oyoqqa
turib, xalqiga chin dildan
xizmat qilish.
Aziz o‘quvchi,
Mardning she’rlarini Siz
ham o‘qib, dil izhorlariga
bir quloq tuting-a,
ko‘nglingizga yorug‘lik
kirsa ne ajab.
O‘ktamxon SOLIYEVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a’zosi
www.ziyouz.com kutubxonasi
80
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
Muqovada
Ahmad To‘ra
olgan suratlardan foydalanildi.
Bosishga 09.11.2021-yilda
ruxsat berildi.
Qog‘oz bichimi: 84x108
1
/
16
Nashriyot hisob tabog‘i: 8
Obuna indeksi–
822.
ISSN 0207-9137.
Jurnal 2007-yil 4-mayda
O‘zbekiston Matbuot va
axborot agentligi tomonidan
№ 0253 raqami bilan
ro‘yxatga olingan.
Tahririyatga kelgan
qo‘lyozmalar taqriz qilinmaydi
va muallifga qaytarilmaydi.
Mualliflar fikri tahririyat
nuqtayi nazaridan farq qilishi
mumkin.
Jurnaldan ko‘chirib bosilganda
“Yoshlik”dan olindi” deb
izohlanishi shart.
“PRINT-MAKON” MChJ
bosmaxonasida chop etildi.
Buyurtma № 7. Adadi: 1707.
Toshkent shahri,
Uchtepa tumani,
25-mavze, 47-uy.
Ot kimniki?
Bir kishi yo‘lda ot minib kelayotgan ekan, bir joyda yo‘l chetida
turgan odamni uchratibdi. Haligi odam otliqdan:
– Hoy yaxshi odam, oyoqlarim og‘riydi, iltimos, meni otingga
mindirib olsang, – debdi.
Otliqning rahmi kelib uni otiga mingashtirib olibdi. Ular bir
manzilga yetib kelganlarida otliq mingashgan odamga:
– Mana, sen aytgan manzilga yetib keldik, qani, endi otdan tush, –
debdi. Shunda haligi odam:
– Nega men tusharkanman, ot meniki, sen tush otdan! – deb
dag‘dag‘a qilibdi. Muttahamlikning chegarasi bo‘larmidi, deganlaridek,
u “ot meniki”, deb turib olibdi. Odamlar bu janjalni qanday hal qilishni
bilmay turgan ekan, shu payt Birbal kelib qolibdi. Unga bo‘lgan
voqeani tushuntirishibdi.
– Janjalni bas qilinglar, – debdi Birbal, – siz ikkalangiz ham otni
qoldirib, ertaga kelinglar. Ot kimniki ekanligi hal bo‘ladi.
Birbal ulardan otni olib qolib, podshohning otxonasiga olib
boribdi va egar-jabdug‘ini yechib, boshqa otlar yoniga bog‘latib
qo‘yibdi. Ertasiga ikkala da’vogar kelibdi. Shunda “Ot meniki” deb da’vo
qilayotgan odamga:
– Kirib otxonadan otingni olib chiq, – deyishibdi.
Muttaham da’vogar otni taniy olmabdi. Egasi esa yuzlab ot ichidan
bir zumda o‘zining otini tanibdi.
Birbalning donoligi bilan muttaham jazosini olibdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |