78
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
darvozani tasavvur
qilish qiyin.
“Gapini
kelgan
joyidan
davom
ettirgan o‘quvchilarni
joyiga
o‘tqizdi, davom
ettirolmaganlar
esa turgan
joyida
so‘ppayibgina
qolaverdi”.
Mazkur
gapda joyi so‘zi
birvarakayiga uch
o‘rinda
takrorlanib,
umumiy ma’noga putur
yetkazgan.
Yozuvchi
bu kalomning muqobil
variantini qo‘llasa, nur
ustiga nur bo‘lardi.
Roviy
maktab direktori
haqida so‘zlar ekan,
o‘qituvchilarni
qamab
tez-tez
so‘kib
tursa
ham, Saidovni “siz-
sizlab” gapirardi,
deydi.
Menimcha, so‘kish o‘rniga
tergash so‘zini qo‘llash
kerak.
Shunda direktor
zug‘umkordan qattiqqo‘l va
jonkuyar kishiga aylanadi.
Axir millat bolalarining
tarbiyachisi so‘kishi emas,
yo‘l ko‘rsatishi, o‘rnak
bo‘lishi kerak.
Mutolaa
davomida
hamsinflar, noixtiyoriy degan
so‘zlar e’tiborimni tortdi.
Hamsinf o‘rniga sinfdosh,
noixtiyoriy o‘rniga
beixtiyor
yoki ixtiyorsiz so‘zlari ishlatilsa,
qanday bo‘larkan?!
Bu mening
shaxsiy fikrim, albatta.
“Tunkezar bolalar”
qissasining bosh qahramoni
Mo‘min
asar oxiridagina parda
ortidan chiqib yorqin obraz kasb
etishi haqida gapirib o‘tdim. Buni
Bayram
Alining boshqa asarlarida
ham kuzatishimiz mumkin.
Masalan, muallifning “Hamdardlar”,
“Kutilmagan tashrif”, “Rizolik”
hikoyalarida bu yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: