Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Aziz NUR
1996-yili tug‘ilgan. 
“Mehrigiyo” she’riy 
to‘plamida, “Farg‘ona 
tomonlarda” yoshlar 
bayozida ijodiy ishlari 
chop etilgan. 
Yo‘qolayotgan 
dunyo
Ikki hikoya 
www.ziyouz.com kutubxonasi


51
adabiy-ijtimoiy jurnal
go‘zal ifoda etilgan... – Roziya birdaniga 
joyida to‘xtab qoldi. Ziyodga qaradi-yu, yuzi 
lov etib qizarib ketdi. U Ziyodning yonida 
ekanini unutib qo‘ygandi. Ovozini chiqarib
o‘z-o‘zi bilan Ziyodning she’rlari haqida to‘lib-
toshib so‘zlashishga, tahlil etishga shu qadar 
o‘rgangan ediki, bu safar ham she’r dunyosiga 
singib ketgach, o‘z-o‘zimga so‘zlayapman deb 
o‘ylagandi.
Ziyod ham buni sezdi, jilmayib qo‘ydi. 
“Ajoyib qiz ekan!”
“Endiyam meni yaxshi qiz deb o‘ylamaydi. 
Yuzim qursin! Yana aynan shu satrlar haqida 
gapirganimni-chi?” Shu bilan qaytib bir og‘iz 
so‘zlamadi, yetib borishganda “Rahmat” dedi-yu 
ichkariga yugurdi. Bir haftagacha o‘zini “beyuz, 
besharm” deb ich-etini yeb yurdi. Bir haftadan 
keyin institut gazetasida yangi she’r chiqdi.
“Qani edi bir umr seni Uyinggacha kuzatib 
qo‘ysam!”
Nimalarni o‘ylayapsan, Rozi, bir so‘z demay 
kelyapti-ku bechora, uni malomatlarga ko‘mib 
tashlaganingni-chi..”
Ziyodning ovozi uning xayollarini tarqatib 
yubordi.
– Nechinchi kursda o‘qiysiz?
– Birinchida.
– Qaysi fakultet?
– Filologiya.
– Menam filologiyada o‘qiyman. Lekin 
avval sizni ko‘rmagan ekanman.
– Ko‘rgandirsiz, shunchaki e’tibor 
bermagansiz. Lekin men sizni bilaman. 
She’rlaringiz orqali.
Odatda, shoir zoti muxlisga duch kelsa, 
quvonchi toshadi, xursand bo‘ladi. Ziyod bo‘lsa, 
allaqanday xijolat tortganday biroz qizardi. 
Roziya uning she’rlari haqida shu qadar 
samimiy, to‘lqinlanib so‘zlab ketdiki, xuddi bu 
gaplarni ming yildan buyon asrab kelganday, 
poyezdi ketib qoladigan yo‘lovchiday tez-tez 
gapirardi.
– ... Ayniqsa, o‘tgan hafta yozgan she’ringiz 
judayam ajoyib:
“Bir bo‘sa ber, labim gullasin...”
Tiniq o‘qiladi, naqadar sof! Iltijo ham, 
buyruq ham bor! Oshiqning zori qanchalar 
www.ziyouz.com kutubxonasi


52
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
boryapmiz. Tushunyapsanmi, Atlantidaga?! 
Biz yo‘qolyapmiz, haqiqiy inson sifatida 
yo‘qolyapmiz, yuragimiz uxlayapti. Mana, hozir 
tashqariga chiq. Birorta insonni to‘xtatib, “Men 
sizni yaxshi ko‘raman” degin. Seni devona 
ataydilar. Vaholanki, sen shunchaki unga ko‘ngil 
ochding, uni tanimasang ham, insonligi uchun, 
mana shu zaminda yashab kimlar uchundir 
foyda keltirayotgani, ehtimol, shifokor bo‘lib 
davolayotgani uchun, ehtimol, quruvchi bo‘lib 
kimgadir boshpana qurayotgani uchun yaxshi 
ko‘rishingni aytasan, xolos. U bo‘lsa, senga 
devona kimsaga qaraganday qaraydi, tilanchi 
deb o‘ylab uch-to‘rt so‘m chiqazar hamyonidan. 
Ammo sen o‘ylagan narsani o‘ylamaydi... 
Atrofga qara, xiyonat, yolg‘on, ig‘vo, hasad... Men 
qo‘rqyapman, Rozi, men o‘zimni, ko‘nglimni 
asrolmasam-chi?! Men ham Atlantidaga aylanib 
qolsam-chi?! Ichim changlanyapti. Ulardan 
qochishimiz kerak, uzoqlarga...
– Ichingizni odamlar emas, o‘z-o‘zingiz 
changlantiryapsiz. Siz qo‘rqmang! Axir, sizga 
katta yurak berilgan! Odamlarni yomon 
ko‘rmang, ulardan charchamang. Ulardan 
qochish emas, aksincha, ularning ana shu 
uyquga ketayotgan yuraklarini uyg‘otish 
sizning vazifangiz emasmi? Sizga so‘z berilgan, 
dadasi! Bu naqadar ulkan baxt va mas’uliyat 
ekanini mendan yaxshiroq anglaysiz-ku. 
Ko‘ngillar yo‘qolmayapti, ular yo‘qotilyapti. 
Birgina samimiy tabassum, bitta yaxshi 
so‘z, bitta dalda bilan ularni topish mumkin! 
Ko‘ngilsiz deb siz ulardan qochsangiz, men 
ulardan qochsam, ular o‘z-o‘zini-da, insonlik 
nomini-da yo‘qotish darajasiga borib qolmaydi 
deb kim aytadi?! 
Roziya Ziyodning to‘zg‘igan sochlarini 
tekisladi.
– Dadasi, siz yozishingiz kerak!
Shu tun Ziyod uxlamadi, uxlolmadi! Necha 
oylardan buyon ko‘ksini kuydirayotgan she’r 
shu tun tug‘ildi...

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin