Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

“...Hayqir, shoir, hayqiriqlaring,
Uxlab yotgan dilni uyg‘otsin!”
Kechagiday esida, Roziyaning yuragi 
salkam to‘xtab qolay degandi o‘shanda...
* * *
– Biz Atlantidaga aylanib boryapmiz!
Roziya Ziyodga tikildi. Harqancha 
urinmasin, bu gap bilan Ziyodning nima 
demoqchi bo‘layotganini anglamadi. So‘nggi 
oylar davomida Ziyod bir satr ham yozolgani 
yo‘q. Kechalari xira yorug‘ stol ustida o‘tirib 
chiqadi. Kunduzi ko‘zi qizarib ishga ketadi. 
Qaytib so‘zsiz yana bir nuqtaga tikilib 
o‘tiraveradi. Roziya anglaydi: “She’r og‘rig‘i!” 
Ovutgisi keladi, eski she’rlaridan o‘qiydi, 
o‘g‘lini qiqir-qiqir kuldiradi. Ziyod bir muddat 
o‘g‘liga qarab jilmaygan bo‘ladi-yu, yana o‘z 
dunyosiga ko‘miladi. Shunday odamning 
birdan “Atlantidaga aylanyapmiz” degan 
gapida qanday sir, qanday og‘riq yotibdi ekan? 
Roziyaning ko‘zlariga yosh to‘ldi...
– Ziyod aka, balki, biror hafta ishdan dam 
olarsiz.
– Nega?
– Charchaganga o‘xshaysiz.
– Ha, dam olaman. Lekin ishdan 
charchamadim.
– Unda nimadan?
– Odamlardan!
– Odamlardan?
– Ha, odamlardan, bir to‘p olomondan 
charchadim, Rozi!
– Odamlar? Ular sizga nima qildi? Ular 
sizni hurmat qilishadi, kitoblaringizni o‘qishadi.
– Yo‘q, Rozi, yo‘q! Bir paytlar shunday 
edi. Ho-o-ov o‘sha bir paytlar. Hozir hammasi 
boshqacha yo men boshqachaman. Endi 
mening ko‘ngil haqida yozganlarim ularga 
erish tuyuladi. Kitoblarim yillab do‘kon 
peshtaxtalarida sotilmay turadi. Chunki 
odamlarning endi ko‘ngil bilan ishi yo‘q. 
Aslida, gap meni o‘qimay qo‘yishlari, 
kitoblarim sotilmasligida ham emas. Hamma 
gap yo‘qolayotgan uchinchi dunyomiz 
– ko‘ngilda. Biz Atlantidaga aylanib 
www.ziyouz.com kutubxonasi


53
adabiy-ijtimoiy jurnal
Yomg‘ir yog‘ib tursa, kimdir seni intizor 
kutsa-yu, uning qoshiga oshiqsang. Yo‘llar 
uzunday tuyuladi, sen bo‘lsa, yuraging 
sog‘inchdan to‘lib manziling sari ketaverasan... 
Bir paytlar, hayotim shovqin-suronga 
qorishgan yillarda shunday orzu qilar edim. 
Mana, hozir shu yo‘ldaman. Faqat bir savol 
bilan: u meni kutayotganmikan?!
* * *
Hayotim shu qadar sokinki, ba’zan 
bu sokinlikda borligimni ham his qilmay 
qolaman. Atrofimdagilar “sizga havas 
qilaman” deyishadi. To‘g‘ri-da, havas qilarlik 
hayotim bor. Obro‘-e’tibor, mansab, boylik... 
Ammo odamlar bilmaydigan, odamlar 
ko‘rmaydigan narsalar-chi?! Ko‘ngil bo‘sh, 
yurak huvillagan, baxtning o‘rni bo‘sh. Shu 
bo‘shliq qiynaydi. Aslini olganda hammasi 
yaxshi, baxtlidayman. Hayotim bir maromda, 
ishdan kelaman, “Keldingizmi” deydi ayolim. 
“Keldim” har kungiday javob. Va yana har kun 
takrorlanuvchi suhbat.
– Ovqatlanasizmi?
– Yo‘q, qornim to‘q. Farhod qani?
– Sizni kuta-kuta uxlab qoldi.
– Ha, mayli, sen ham dam olaver, men 
biroz ishlayman...
Itoat bilan xonaga kirib ketadi. Yetti 
yillik turmush, yetti yillik majburiyat, yetti 
yillik mas’uliyat. Faridaga onamning istagi 
bilan uylanganman. Bir ayolga, bir rafiqaga, 
bir onaga nimayiki kerak bo‘lsa, unda 
hammasidan bor. Yana nima istayman, bu 
meni ham, uni ham yetti yildan buyon qiynab 
keladi. Anglolmas edim nima kerak ekanini, to 
u hayotimga kirib kelmaguncha.
– Ismim Latofat. Hayotdagi shiorim 
“Manzilga shoshganlar emas, to‘g‘ri yo‘ldan 
yurganlar yetadi”. Chunki shoshqaloqlik 
odamni har doim adashtiradi. Men jamoa bilan 
tez kirishib ketish qobiliyatiga egaman, ishga 
mas’uliyat bilan yondoshaman. Ishga olsangiz, 
bor bilimim va kuchim bilan ishonchingizni 
oqlashga harakat qilaman.
Ochig‘ini aytish kerak, u keldi-yu, 
ishxonamizda ko‘p narsa o‘zgardi. Xonamda, 
boshqa xonalarda anvoyi gullarning paydo 
bo‘lishi, omborxonada necha yildan buyon 
chang bosib yotgan suratlar tozalanib, 
devorlarga ilinishi, avvallari horg‘inlik va 
sukut ufurib turadigan xodimlar xonasidan 
eshitilayotgan kulgilarning bari Latofatning 
ishi. Ba’zi xodimlar bundan mamnun, ba’zi 
xodimlar bo‘lsa, kechagina kelgan bu ayol 
bugun butun ishxonani qo‘lga olganini, shu 
sabab g‘ashlari kelayotganini ochiqdan-
ochiq gapira boshlashdi. Tan olishim kerak, 
rahbarlikka, nima desam, so‘zsiz itoat 
etishlariga o‘rganganman. Ammo Latofatning 
o‘zboshimchaligi, mening ayrim qarorlarimga 
qarshi chiqishi, hatto muhokama etishgacha 
borishi g‘azabimni qaynatmas, aksincha 
zavqimni keltiradi. Tushuna boshladim, yillar 
Baxt manzili
www.ziyouz.com kutubxonasi


54
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
davomida odamlar ichida, ishxonada, oilada 
hukmfarmolikdan shunchalik zerikkanmanki, 
men o‘zimga qarshi isyon etishlarini istagan 
ekanman. Bu isyondan rohat ola boshladim. 
Latofatdagi ana shu isyon meni unga bog‘ladi. 
Ishxonadagi mish-mishlardan Latofatning 
turmushi buzilgani, bir farzand bilan onasining 
uyida yashashini eshitganimdan buyon uning 
quvnoq kulgisi ortida dard-u hasrat, iztirob 
ko‘ra boshladim. Balki, bu bir imkoniyatdir, 
balki taqdir bizni bekorga uchrashtirmagandir. 
Uni qo‘ldan chiqarmayman. Faridani ham, 
o‘zimni ham bir umr qiynab o‘tgandan ko‘ra, 
hech yo‘q Latofatga baxt bersam, Farida ham 
baxtini topib ketar...
– Farida, senda gapim bor?
– Nima gap, dadasi?
– Ajrashaylik! – Bir oydan beri bo‘g‘zimda 
tiqilib yurgan bu so‘z shunchalar past ovozda 
chiqdiki, u eshitdimi, yo‘qmi – bilolmadim.
– Ajrashaylik?!
Faridaga qaradim. U tosh qotgan, menga 
shunday tikilardiki, quyoshga tik boqish 
mumkin-u, bu nigohlarga dosh berib bo‘lmaydi.
– Hazillashdingiz-a?! 
Uning ko‘zlaridan iltijo, qo‘rquv, alam, 
qayg‘u qorishib ketgan bir tomchi yosh yuziga 
sizib tushdi.
– Tushun, senga baxt berolmayman. Bir 
umr shunday baxtsiz yashamoqchimisan?
– Kim aytdi meni baxtsiz deb? Men 
baxtsizmanmi? Men baxtliman! Baxtliman, 
dadasi!
– Men baxtsizman, Farida, men!
U holsizgina o‘rnidan turdi.
– Mayli, roziman...
– Hech qayoqqa ketishing shart emas, shu 
uy seniki.
U indamay yurib chiqib ketdi, biroz o‘tib 
narigi xonadan yurakni ezadigan yig‘i eshitildi. 
Uydan chiqarkanman, xafalik aralash quvonch 
bilan ishxonaga shoshdim...
* * *
Ishxonada ajrashganim haqidagi mish-
mish tarqalib, bu ancha gap-so‘z bo‘ldi-yu, 
birov yurak yutib o‘zimdan so‘ray olmadi. 
Har kun kimsasiz, huvillagan yangi uyimga 
qaytarkanman, endi uyda “Keldingizmi” 
deydigan ayolim o‘rniga sukut va yolg‘izlik 
quchoq ochib kutib oladi. Latofatga hali bir 
so‘z aytolmadim, bir necha bor yolg‘iz uchratib 
gaplashib olmoqchi bo‘ldim-u, u har gal gapni 
buraverdi. Nima bo‘lsa bo‘lsin, bugun u bilan 
gaplashaman degan qarorga kelgan kunim 
shivalab yomg‘ir yog‘ardi. U ishdan qaytar 
chog‘i har kuni bekatda avtobus kutadi. Eng 
qulay fursat shu. Yanglishmagan ekanman, 
bekatda o‘ychan turgan Latofatning ro‘parasiga 
borib mashina signalini chaldim.
– Latofat, o‘tiring, olib borib qo‘yaman.
– Yo‘q, rahmat. Hozir avtobus keladi.
– Yo‘lim o‘sha tarafga axir, o‘tiring.
U noiloj qolib asta mashinaga o‘tirdi.
– Havo sovib ketdi, ustiga yomg‘ir. Siz 
avtobus kutaman deysiz-a?
– Ha, sovuq, – tasdiqladi ohista.
– Latofat, bilasizmi...
– Bilaman... Mana shu suhbatdan 
qochishga urindim ancha payt. Afsuski... Asror 
aka, siz o‘ylagan narsaning iloji yo‘q. Bu xato.
– Baxtli bo‘lish xatomi, sizningcha?
– Kimnidir baxtsizligi evaziga baxt 
topib bo‘lmaydi.
– Biz ajrashdik. 
Mashina oynasida nigohlarimiz 
to‘qnashdi.
– Demak, rost ekan-da? Shiorim 
esingizdami? “Manzilga shoshganlar 
emas, to‘g‘ri yo‘ldan yurganlar yetadi”. 

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin