30
NASR
R
avshanning otasi og‘ir xastalikdan vafot etgach ikki opasi
bilan uni onasi yolg‘iz o‘zi katta qildi. Ravshan bir amallab kolle
-
jni bitirdi-yu, ro‘zg‘or tashvishini batamom yelkasiga oldi. Mana
o‘n yildirki duradgorlik bilan mashg‘ul. Uylanib uch farzandli
bo‘ldi. Ammo yuragida bir armon bor: otasi o‘g‘lining olim bo‘lib,
el ichida shuhrat topishini orzu qilgan edi. Onasi buni bot-bot es-
lab turadi. Mushtipar endi armonlarining ushalishini nevaralari-
dan umid qiladi. Ravshanga garchi olimlik nasib etmagan bo‘lsa
ham, onasini xursand qilish o‘yida. Qo‘li ishdan bo‘shagan paytlari
darhol kitobga yopishadi. Ko‘rgan kishi ustachilik asbobi kabi
uning qo‘lidan kitob tushmaganidan hayratlanadi. Dunyoning ish
-
lari qiziq ekan. Bir kuni omadi chopdi. Uning uchun hayot tarziga
aylangan adabiyotlardan test savollari ga osongina javob berib, in
-
tellektual teleo‘yinda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘g‘lining kayfiyati chog‘ligi sababini bilishga qiziqqan onasi:
– Yo, tavbangdan ketay! Tinchlikmi? – deb so‘radi. – Yo‘l
bo‘lsin?
– Siz chiroyli kiyinib oling, bugun televizorga chiqamiz. Men
yosh olimlar teleo‘yinida qatnashadigan bo‘ldim. Ularning hamma
savollariga to‘g‘ri javob berganim uchun endi teleo‘yinda ham o‘zim
-
ni ko‘rsatishim kerak. Bilib qo‘ying, diplomsiz olimman, o‘g‘lim oliy
dargohda o‘qimadi deb, bundan buyon o‘kinmasangiz ham bo‘ladi.
– Kelin ham boradimi? – ona ko‘zoynagini olib, “kuh-kuh” deya
ro‘molining uchi bilan oynalarini artdi-da, qaytadan taqdi.
– Hozircha bu keliningizga syurpriz! Ikkalamiz boramiz. Tez
tayyor bo‘ling!
– Syurprizing ham bor bo‘lsin, bolam…– Ona shunday deya, das
-
turxonga duo qildi va sekin o‘rnidan turdi. – Bir nimalarni boshlab
yurasan-da…
Dostları ilə paylaş: