Umrining shomi sari borayotgan shoir
tuyg‘ularining samimiyligi, bu izhori dilda zarra
bo‘lsin yolg‘on, xo‘jako‘rsinlik, donishmandlik
da’vosi yo‘qligi kishini rom etadi. Bu satrlarda
qirg‘oqqa yaqinlashgan omonat umr kemasiga
afsus-nadomat yuklari ortilajagi g‘oyat sami-
miy, ulkan bir insoniy dard, qoim bardosh
hamda sokinlik bilan ifoda etilgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, shoir
she’rlari da unar-unmasga kay-
vonilik qilmaydi, yo‘l ko‘rsatishga
urinmaydi. Ba’zan shoirona nigohi
ilg‘agan biror poetik manzarani
chizish bilan kifoyalanadi. Uning
bir qator bitiklari lahzani mangu
-
likka muhrlay olganining o‘zi bilan
poeziyadir. Chunonchi, Shukrullo
bir she’rida tabiatning o‘ta aniq
va qo‘rqinchli manzarasi tasvirini
quyidagicha beradi:
Osmonda boshlandi bulutlar jangi,
Birdan tevarakni bosdi gulduros.
Hatto cho‘chib o‘chdi quyoshning rangi,
Bo‘ron olib kelgan dahshatdan bexos.
Oldinlari shoir bunday vahimali daromadd
-
an so‘ng biror ijtimoiy parallelni kel tirgan va
undan xulosa chiqargan bo‘lardi. Shukrullo bu
gal she’rni peyzaj tasviri eka nicha qoldiradi va
asar yakunida:
“Bulutlarni yorib balqidi quyosh,
Shodlikdan barglarda miltilladi yosh”
tarzidagi
go‘zal holat manzarasini beradi.
Shoir
Dostları ilə paylaş: