31
adabiy-ijtimoiy jurnal
Ro‘zg‘orlari yo‘g‘on cho‘zilib,
ingichka uziladigan mahal
-
dagidek doim kemtik bo‘lgani
uchun Ravshan oliygohda o‘qiy
olmadi. Otasining orzu-umidlari
o‘zi bilan birga yorug‘ olamni
tark etdi. Tirikchilik tashvishi
Ravshanni ro‘zg‘orga mixlab
qo‘ydi. So‘ng ota kasbi– durad
-
gorlikni boshladi. O‘n yildan
Ravshan bir mahal
shoshilgancha kostyum-
shim kiyib uydan chiq
-
di. Onaning yuragi zirq
etdi. “Bolam bechora-ya,
ro‘zg‘orni deb shuncha
yildan beri yangi libosla
-
rini ham kiymay qo‘ygan
ekan-a”.
Bosh qotirib
o‘g‘lining po‘rim kiyingan
holatini eslay olmadi.
– Ona, ketdikmi?
– dedi kulib. – Qarang,
mening ham kuyovlik
kostyumim.
Kelin ona-bolaga
qarab hayron bo‘lgancha
eshik kesagasiga suyanib
qolaverdi.
Katta ko‘chaga
chiqib, taksiga o‘tirish
-
gach, tuman markaziga
qarab ketishdi. Mashina
-
da odam ko‘pligi uchun
ona boshqa gapirmadi,
ro‘molining uchi bilan
yuzini yashirgan kishi
bo‘lib oldi. Mashina katta
bozor yonida to‘xtadi.
– Bozorda ishing bor
-
midi? – dedi o‘g‘liga.
– Yo‘g‘-a, Toshkentga
shu yerdan jo‘naydi.
Televideniye binosi
ostonasiga
yetib borish
-
ganda onaning yuragi
hapriqdi. Negadir shoshib
ham qoldi.
– Ha, bolam-a?! Shu
darding bor ekan, ol-
dinroq aytganing-da?
Men kelinga issiq non
yoptirardim. Qaymoq
olardim. Eh…
oshdi, shu kasb bilan ro‘zg‘or
tebratadi.
– Iloyo, shularning boshi
omon bo‘lsin. Boriga shukr…–
deya ona sipo kiyinib olganidan
g‘alati kayfiyatga tushib, o‘zini
noqulay his etsa-da, o‘g‘lining
ra’yini qaytarmaslik uchun
ko‘zlarini noma’lum bir nuqtaga
tikib kuta boshladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
– Ona-ye, qo‘ying… Keyin ularning siz bilan
menga muhtoj joyi ham yo‘q.
– Xudoga shukr, muhtojlik demadim,
mehr-oqibat. Ha, bolang ko‘p bo‘lgur-a!
Ravshan
onasining bu kabi mehribon
-
ligidan bir sevinsa, bugungi intellektual o‘yin
-
ning qanday o‘tishini o‘ylab, hayajonlanib ham
ketardi.
– Qani, yuring-chi, ichkariga kiraylik.
Kirishlari bilan bir xizmatchi Ravshanni
pardozxonaga boshladi. Qancha vaqt o‘tgani
-
ni ham chamalay olmagan ona g‘alati joyda
o‘ng‘aysizlanib turganda xizmatchi bilan ke
-
layotgan o‘g‘lini ko‘rib kulgidan o‘zini to‘xtatol
-
may qoldi.
– Yo, tavbangdan ketay! Bolam, xotinlarga
o‘xshab, betingga nima surkab chiqding? – der
-
di kulgancha.
Xodim ularni studiyaga boshlab borgani
-
da ona-bola dovdirab qolishdi. Ona bu yerdagi
ohanjamani ko‘rib hayratda, Ravshanning yu-
ragi hapriqadi.
– Keyingi ishtirokchi tayyormi, boshlaymiz!
Allaqayerdan momaqaldiroqdek ovoz eshi-
tildi. Ona-bola ovoz qayerdan keldi, nogoh ang-
lamay qoldi.
– Keyingi ishtirokchi–
Ravshan Tojimuro
-
dov.
– Ha, ishtirokchi shu yerda! – intellektual
o‘yin muallifi oppoq ko‘ylagi yoqasini to‘g‘rilay-
to‘g‘rilay yugurib kelib, Ravshanni sahnaga ye
-
takladi. Yo‘l-yo‘lakay o‘yin tartibi, o‘zini tutishi,
qanday gapirishini tushuntirgan bo‘ldi.
Ravshan hayajonda. Tushundim-tushundim
deya ketma-ket bosh irg‘ar, ammo hamon o‘zini
qo‘lga ololmay dovdirardi. Nogoh onasiga qaradi.
Onaizor bir chekkada hayron turib qolgan.
– Onajon, siz mana bu yerda bemalol
o‘g‘lingizni tomosha qilib o‘tiring. – Muallif yi-
git onani katta bir monitor qarshisiga o‘tirg‘izib
qo‘ydi.
Ona omonatgina bo‘lib, kursiga cho‘kdi.
Ro‘parasida yonbosh yotqizilgan xontaxtaday
ekran, unda o‘g‘li ko‘rinib turibdi. U hali-hamon
hayajonda: goh iljayadi, goh jiddiy tortadi, xijo
-
latdan tinimsiz alanglaydi.
– Iloyo, yuzing yorug‘ bo‘lsin, bolam… –
Ona beixtiyor pichirlab, duo qilishga tushdi.
So‘ngra ko‘zlarini ekrandan olib, studiyaga
tikilib-tikilib qaradi. Nihoyat, topdi. O‘g‘lini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rib ham tursa bo‘larkan.
Ammo masofa uzoqligi va studiyada bir xil
yorug‘lik bo‘lmagani uchun ko‘zi qamashdi. Ol
-
didagi ekran qulay ekan. – Yo, tavbangdan ke
-
tay. Hali, o‘yin boshlangani yo‘g‘-u, elburutdan
bolamni televizordan ko‘rsatyapti…
Shu turish
-
larini otasi rahmatlik ko‘rmadi-da…
Onaning ko‘ksidan nimadir chirt uzilgan
-
dek bo‘ldi. Jemperining cho‘ntagidan dast-
ro‘molcha olib, ko‘zoynagini artgan bahonada
yonoqlarini sidirdi.
Butun el ko‘radigan katta bir sahnada
noo‘rin harakat qilib qo‘ymayin degan andi-
shada muztargina bo‘lib o‘tirdi. Shu payt yana
momaqaldiroq gumburlaganday bo‘ldi.
– Boshlovchi, ishtirokchi, tayyormisizlar?
Kameralar?!
– Ha, tayyormiz! – Ravshanning qarshisi-
da, qora fonda, ekranga ko‘rinmay turgan sipo
boshlovchi yigit javob berdi.
Yana bir bora rejissyor Ravshanga studi
-
yaning qayeridan chiqib kelishi va qayerda
to‘xtashini uqtirdi.
– Tushunarlimi?
– Tushundim…– Ravshan hayajonini
bildirmaslik uchun tomoq qirib qo‘ydi.
– Hayajonlanmaymiz, kayfiyatni ko‘tara-
miz, boshlaymiz! Marhamat!
Ravshan epchil
harakatlanib rejissyor ayt
-
gan joyga borib turdi. Boshlovchi odatiy so‘zla-
rini gapira boshladi.
– Assalomu alaykum, hurmatli teleto
-
moshabinlar, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining
aziz muxlislari, tarix fanining bilimdonlari!
Siz sevib tomosha qiladigan “Evrika plyus”
intellektual o‘yinining navbatdagi soni yana
efirda. Bugun o‘zining tarix faniga oid bilimla-
rini sinab ko‘rish maqsadida kelgan yana bir
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
adabiy-ijtimoiy jurnal
ishtirokchi– Ravshan Tojimurodovni studiya
-
ga taklif etamiz! Marhamat!
Ravshan studiyaga viqor bilan chiqib
keldi. Boshlovchining so‘roviga ko‘ra, o‘zini
tanishtirdi, kasb-korini aytdi.
– Ko‘ryapsizmi, intellektual o‘yinimizda
qatnashish uchun ishtirokchining kasbi yoki
lavozimi muhim emas. Muhimi, uning ishti
-
yoqi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi! – boshlovchi
Ravshan haqida to‘lqinlanib gapira ketdi. – De
-
mak, bugungi ishtirokchimiz maktab o‘quv-
chisi, talaba yoki tarix fani bilan shug‘ullanib
yurgan o‘qituvchi ham emas. Oddiy durad
-
gor! Ammo bilimdon uchun maydon keng!
Ko‘nglim sezyaptiki, bugun o‘yinimiz
har qa
-
chongidan ham qiziqarli bo‘ladi!
– Ilohim shunday bo‘lsin…– Bir chekkada
e’tiborsiz qolgan ona ekranga qarab pichir
-
lab duo qildi. – Bolaginamning yuzi yorug‘
bo‘lsin!
Ona to‘lqinlandi, yuragi to‘lib ketdi, o‘g‘li
-
dan faxrlandi: “Kelinni ham olib kelish kerak
ekan… erini shu holatda bir ko‘rsin edi… Bu
yerga kelish har kimning ishi emas!”
O‘yin boshlandi. Birinchi shartda
ishtirokchiga tarix faniga oid o‘rta darajadagi
o‘nta savol beriladi. Ishtirokchi kamida oltita
savolga javob bersa, keyingi bosqichga o‘tadi.
Boshlovchi savol beraverdi, Ravshan
javob qaytaraverdi.
Boshlovchi so‘rayverdi, Ravshan bilgani
-
cha aytaverdi. Bilmasa, “bilmayman, javobim
yo‘q”, deyishdan ham tortinmadi.
O‘g‘li to‘g‘ri javob berganda, ona ko‘klarda
uchdi, hali mahobatli tuyulgan studiya kat
-
alakday bo‘lib qoldi, javob berolmasa, “Hah,
yo‘qchilik qursin-a, bolaginamni
vaqtida o‘qitolmadim.
Ola xurjun
yelkasiga og‘irlik qilib yotibdi…”
deya nadomat chekdi.
– Ravshan Tojimurodov, siz
berilgan o‘nta savolning yettitasiga
to‘g‘ri javob berdingiz! – Boshlovchi
mamnuniyat bilan birinchi shart
natijalarini e’lon qildi. – Sizni ikkinchi shartga
o‘tganingiz bilan tabriklayman!
Intellektual o‘yinning ikkinchi shartida
ishtirokchiga beshta test savoli beriladi, javob
variantlarini o‘ylab ko‘rish uchun bir daqiqadan
vaqt ham taqdim etiladi.
– Tayyormisiz? – so‘radi boshlovchi.
– Tayyorman! – Ravshan shunday dedi-da,
onasi haqida o‘yladi. “Onam bir joyda uzoq vaqt
o‘tirolmasdi, toliqib qolmadimikan?..”
Mushtdekkina bo‘lib o‘tirgan onaning
o‘ylari o‘zi kabi kamtar, o‘zi kabi mehribon edi:
“Bolaginam maktabda a’loga o‘qirdi. O‘qiganlari
yodidan chiqmagan bo‘lsin-da… Elning oldida
yuzginasi yorug‘ bo‘lsin-da…”
Boshlovchi birinchi savolni o‘qidi.
– Diqqat, savol:
mamlakatimiz poytaxti
nechanchi yilda Samarqanddan Toshkentga
ko‘chirilgan? – Boshlovchi bir nafas tin oldi-da,
so‘radi:– Savol tushunarlimi?
– Tushunarli. – Ravshan yengil tortdi,
yelkasidan nafas oldi. Boisi savolning javobini
bilardi.
– Savol tushunarli bo‘lsa, javob variantla-
rini o‘qiyman…
Dostları ilə paylaş: