o‘zigagina tegishli bo‘lmay, ko‘plarning qalbi bi
-
lan tutashib ketgan. Bu hol shoirning manzara
she’rlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shukrullo
chizgan poetik manzaralar aniq, ta’sirchan va
ko‘pma’noli ekani bilan e’tiborli:
Chirt-chirt uziladi bog‘larda yaproq,
Daraxtlar yuk tashlab tortibdi yengil.
Maysalar ichida suvlar qo‘ng‘iroq,
Bir orom kayfida yayraydi ko‘ngil.
She’rdagi
hosilidan qutulgach, qomatini
tiklagan mevali og‘ochlar, maysalar ichida
shoda-shoda qo‘ng‘iroq bo‘lib jilvalangan kuzgi
shudring tasviri o‘z holicha ham ta’sirli. Lekin
shoir uchun kuz manzarasini chizishning o‘zi
muddao emas. U mevali og‘ochlarning bu ho
-
latidan hayotiy ma’no chiqaradi:
Tevarak bog‘larda to‘kilar yaproq,
Mehnatkash daraxtlar tiklaydi qaddin.
Yo‘lovchi, bir nafas sen ularga boq,
Sening gerdaymakka bormikan hadding?!
Agar oldinlari Shukrullo o‘z she’rlarida bar
-
cha fikrini ochiq aytgan bo‘lsa, keyingi yillarda
ishora qilish, imlash, o‘quvchining tasavvuriga
ishonish mayli ustuvorlik qilgan. She’rlarin
-
ing birida yozgi bog‘da
sayragan bulbullar,
og‘ochlar soyasida rohatlangan mehmonlar
obrazlari shunchaki yo‘l-yo‘lakay tilga olinadi.
Bir qarashda, she’rning zamirida hech qanday
tagma’no yo‘qday tuyuladi:
Yoz ketdi. Daraxtlar so‘lg‘in tus oldi,
Neningdir dardida rangi za’faron.
Sayragan bulbullar qayga yo‘qoldi?
Qani soyasida bo‘lganlar mehmon?
Ko‘m-ko‘k liboslari yerga to‘kildi,
O‘g‘ri urgan kabi qoldi yalang‘och.
Bulbullar o‘rniga qarg‘alar keldi,
Endi soya solmas mevasiz og‘och.
Bu tasvirlar shoir bilan birga o‘qirman ruhi
-
ni ham bezovta qiladi. Chunki u “soyada meh
-
mon bo‘lganlar” va “sayragan bulbullar” ko‘rgan
yaxshiliklariga yarasha oqibat qaytarmagan
kishilar ramzi ekanini sezganday bo‘ladi.
Shukrulloning ayrim she’rlarida bilmay
qilingan gunoh
uchun ham javob berish ke-
rakligi ta’kidlanadi. Shoirning
“Daraxt qaydan
bilsin dor bo‘lishini”
satri bilan boshlanadigan
Dostları ilə paylaş: