13
adabiy-ijtimoiy
jurnal
... O‘sha kuni ertalab otasining xomush
bo‘lib hovlida kuymalanib yurganini sezdi.
Yuz-qo‘lini yuva turib avvaliga ko‘nglida ho‘v
bolalik paytlaridagi kabi hayiqishga o‘xshash
narsa paydo bo‘ldi, keyin esa o‘zidan-o‘zi
g‘ijinib “yosh bolamanmi endi” deb yuzini
chetga burdi. Lekin sezdirmaslikka harakat
qildi, yoniga borib salom berdi. Otasi alik
olgach, bepisandroq ohangda so‘radi:
– Tinchlikmi, ota?
– Tinchlik, tinchlik. Faqat... Bolam, bir
narsani aytsam, ko‘nglingga olma.
Bir hovlida
yashaganimiz bilan xuddi dunyoning ikki
chekkasida kun ko‘rayotgandekmiz, – dedi
Nurmat ota xomtok qila turib.
“Obbo”, – dedi Nazarali ichida bir
g‘ijinishga o‘xshash tuyg‘u bilan, keyin
esa o‘zi bilmagan holda boshini keskin
bir siltab, otasiga tikildi.
– Ota! – dedi dag‘al bir tovushda.
– Nima qil deysiz, nega bunday
deyapsiz?
– E, qiziqsan-da, men senga nimani
ham qil deb aytardim? – qo‘lidagi
tokqaychini so‘riga qo‘yar ekan,
siniq
jilmaydi ota. – O‘zing bir o‘ylab ko‘r,
men shu to‘rtta molning orqasidan
kunimni dashtda o‘tkazyapman. Kech kelib,
seni hech bir ko‘rmayman. Hali to‘yda, hali
u yerda... Ertalab turib ham men bilan biron
marta holing qanday demaysan...
– Ota, men ham o‘ynab yurganim yo‘q. Shu
tirikchilikni deb tinim bilmayman. Bu yoqda
nevaralaringiz ham katta bo‘lib qoldi...
– Eh, bolam, bolam, qizishma, – dedi otasi
negadir uning
yuziga qaramasdan osmonga
tikilgancha. – Kecha onang rahmatli tushimga
kiribdi. Negadir bezovta... Rahmatli o‘zi bilan
mehr-oqibatniyam olib ketganga o‘xshaydi.
Onasini eslab, Nazaralining ham ko‘ngli
birdan yumshadi, otasini quchoqlab olgisi
keldi. Ammo... Ammo, ichidagi o‘jarlik bunga
yo‘l bermadi.
– Sizga o‘zi nima yetishmayapti, ota?
– dedi birdaniga avzoyi o‘zgarib. – Non-
choyingizdan kamchilik bo‘lmasa, ust-
boshingiz yuvilgan bo‘lsa... Ha,
bitta mening
sizdan hol-ahvol so‘ramaganim shunchalik
og‘ir botyaptimi?
Otasi indamadi, mung‘aygan bir qiyofada
og‘ilxona tarafga yurib ketdi. Nazarali uning
orqasidan bir muddat qarab turdi, keyin esa
ichini kemirayotgan
shaytoniy vasvasaga yana
berildi: “Bu kishi uchun kenjasidan boshqa
bolasi odam emas. E... Odam qarisa, go‘dak
bo‘lib qoladi, degani chin ekan. Otam ham
go‘dakka o‘xshab, ming‘ir-sing‘ir qilaveradi. Ha,
mayli, o‘ziga kelib qolar”.
“Hammasiga o‘zim aybdorman, – deya
o‘yladi Nurmat ota. – Ro‘zg‘or, ish deb yurib,
vaqtida tarbiyasiga qaramadim. O‘ylovsiz,
berahm chiqdi. O‘g‘lim uchun men bir
podachiga aylandim.
Bir piyola choy ichib
keting, deyish ham xayoliga kelmadi-ya...”
Nurmat ota shunday alamli o‘ylar bilan tuz
totmasdan eshagini to‘qimlab, qushirilgan og‘il
eshigini ochdi.
... O‘sha kuni namozshom payti dashtdan
podaning o‘zi qaytdi. Mollarning ortidan chol
minib yuradigan qora hangi qulog‘i shalpayib,
shalvirab kirib keldi. Egar-jabdug‘i qiyshaygan,
bo‘shagan ayil tagidan to‘qimi osilib yotibdi.
O‘g‘illarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi. Bir-
biriga tikilib, boshlari gangib qolishdi.
Dostları ilə paylaş: