10
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
qani endi vaqting yetsa-yu, ularni qayta-qay-
ta o‘qisang, lazzatlanib tarjima qilsang. Hech
bo‘lmasa o‘zing uchun. Ammo... Mayli, yaraga tuz
sepmaylik.
Oz-moz ishlashimga esa, shukurki, uyda
shart-sharoitlar yetarli. Shuning uchun asosan
uyda, kechasi ishlayman.
– She’r va kino hayotingizda qanday o‘ringa
ega?
– Tabiiyki, ko‘plar qatori yozishni she’rdan
boshlaganman. Ularning ayrimlari tuman,
viloyat gazetalarida chiqqan ham. She’r yosh
-
likka
yarashsa kerak, talabalik davrimda ham
she’r-dostonlar qalashib ketgan. Lekin, to‘g‘risi,
o‘zimni shoir hisoblamayman. Garchand bitta
she’r kitobim chiqqan bo‘lsa ham. Shunchaki
havas-da bu... Lekin bu havas hayotda qo‘l kelib
qoladi. Masalan, kinossenariy qabul qilinganida
saundtreklarga she’rlarni o‘zim yozib beraman.
Kinoga o‘tsak. Kinoni kim yaxshi ko‘rmaydi.
Maktab paytidan kinoga havasim boshqacha edi.
Aktyorlar, rejissyorlar haqida katta-katta albom-
larim bo‘lgan. Menda aktyorlik salohiyati yo‘q,
shuning uchun bor-yo‘q orzuyim kinossenariy
edi. Alal-oqibat shu istagim amalga oshdi. Dast-
lab, “Kichkina odamlar” filmi chiqdi. Keyin ishlar
o‘z-o‘zidan yurishib ketdi.
– Yaxshi yozuvchi yaxshi publitsist bo‘lib
shakllanadimi?
– Ruslarda bir hikmat bor: “Iste’dodli odam
hamma sohada iste’dodli”. Davrlar bo‘ldiki, adabi
-
yot emas, publitsistika birinchi o‘ringa chiqdi.
Shunda ham publitsistlarning
oldingi safida
iste’dodli yozuvchilarimiz bo‘lishdi.
Publitsistika
–
ko‘ngil tuyg‘ularini, voqe
-
likka munosabatni, aytilmoqchi bo‘lgan dolz
-
arb gapni tezroq o‘quvchiga yetkazish vositasi.
Yaxshi yozuv chi, albatta, yaxshi publitsist bo‘ladi.
Unutmaylik, yozuvchi – xalq vijdoni. Vijdon esa
hamisha uyg‘oq va bezovta. Vijdonan, ku yib-
pishib, dard bilan yozilgan publitsistik maqola
yozuvchining shaxsiyatini, fuqarolik pozitsiyasini
ham ko‘rsatadi. Nekrasov ta’biri
bilan aytganda,
shoir bo‘lmasliging mumkin, ammo grajdanin
bo‘li shing shart.
– Millatimizning bugungi va o‘n besh yil
keyingi ma’naviy qiyofasiga chizgilar berolasizmi?
– Har nechuk, ertangi kunimizda ko‘proq
ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi, farzandlarimiz,
nevaralari miz ajib zamonga shohid bo‘lishadi
degan nekbin ilinjlar bilan yashaymiz. Aks holda
hayotning qizig‘iyam qolmasdi. O‘n besh yildan
keyin... millatimiz nazari to‘q, ta’bir joiz bo‘lsa,
inson bu hayotga kun ko‘rish uchun emas,
ma’naviy yuksalish,
parvoz uchun kelishini
to‘laqonli tushunib yetgan xalqqa aylanar.
– Sizningcha, qaysi sohalar bugun e’tibordan
chetda qolyapti?
– Birgina misol bilan cheklansam.
Nazarimda, sanoatga aylantirilgan kino san’ati
sohasi butkul o‘z holiga tashlab qo‘yilgandek.
Xususiy telekanallarda shunaqangi filmlar,
seriallar namoyish etilyaptiki, besh-o‘n daqiqa
tomosha qilsangiz, bas, yoqa ushlab qolasiz,
“dod” deb yuborasiz. Bunaqangi rasvo, mil
-
latni yerga uradigan, ko‘p
sonli tomoshabinlar
ma’naviyatini balchiqqa chaplayotgan “asar”larni
kimlar suratga olyapti va nima uchun, bularni
kimlar efirga olib chiqyapti va qay maqsadda?
Nima, bu kanallarda badiiy kengashlar, muhar
-
rirlar yo‘qmi? Axir bunday fahsh, razolat va
xiyonatni targ‘ib etuvchi filmlar, seriallar millat
ma’naviyati uchun asta-sekin portlovchi minaga
aylanmaydimi...
O‘tgan asrning
oxirlarida mamlakatimizni
“sariq matbuot” bosib ketdi. Endi uning o‘rnini
“sariq televideniye kanallari” egalladi chog‘i...
Shunga, ancha bo‘lib qoldi, o‘zimizning
telekanallarni tomosha qilmayman.
– Samimiy suhbatingiz uchun rahmat.
www.ziyouz.com kutubxonasi