8
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
lardan g‘ofil banda bo‘lib o‘tib
ketishi ham mum-
kin edi-ku! Lekin Xudo unga nazar soldi, tabiat
unga nazar soldi. U yashay boshladi! Nihoyat,
o‘zining kimligini bildi. O‘zligini anglashga o‘tdi.
U umuminsoniy san’at bo‘lgan baletni tushuna
boshladi! Muhabbatga oshno ko‘ngil beixtiyor
san’atga talpindi. San’atga oshno ko‘ngildan
yomonlik chiqadimi?
Balki qahramonim qisqa
yashagandir, lekin u haqiqiy inson bo‘lib yashadi.
Gap yillar miqdoridami yoki ularning maz
-
mun-mohiyatida? E’tibor bergan bo‘lsangiz,
baletga muhabbat oxir-oqibat qahramonimning
do‘stiga ham o‘tdi. Mana shu emasmi san’atning
kuchi!
Darvoqe, hazrat Navoiyning mashhur
g‘azalini
(“Parim bo‘lsa, uchub qochsam ulustin to
qanotim bor, Qanotim kuysa uchmoqdin, yugur-
sam to hayotim bor...”)
o‘ttiz yillar burun yodlab,
zavodda shovqin-suronlar orasida baqirib aytib
yurardim. O‘shanda ko‘ngilda nimadir tug‘ilgandi.
Tan olaylik, hazratning bir misrasi ba’zan bitta
roman yozishga arzigulik mushohada, rag‘bat,
hayajon beradi...
– 2010-yilda “Daryo” romanini yozdingiz.
Umuman, roman haqida, romanchilikka qo‘l
urishingiz haqida gapirib bersangiz.
– Biz Qo‘shrabotdan Sirdaryoga, cho‘lni
o‘zlashtirishga ko‘chirma bo‘lgan oilalardan
birimiz. Bolaligim Sirdaryo bo‘ylarida o‘tgan.
Cho‘ldagi tinimsiz mehnat, qurilishlar,
turfa
fe’l-atvorli, turli millatga mansub odamlar,
hayratangiz voqealar.
Har qanday daryo, bilasiz, sirtdan sokin bo‘lib
ko‘rinadi, sal quyiroqqa tushsangiz, girdoblarda
qolib ketasiz. Hayotimiz ham shunday.
Asar yozi-
lishidan oldin daryo bo‘yiga bordim, baliq yetishti
-
ruvchilar, brakonyerlar bilan gurunglashdim.
Xullas, aksariyat qismi o‘zim ko‘rgan-bilgan
qahramonlar, o‘zimni hayajonlantirgan hodisotlar
bo‘lgani uchunmi, asar quyulib kela boshladi. Yoza
-
verdim, hajm katta bo‘lib ketdi. Shubhasiz, asar
qimmati hajmda emas, aytiladigan gapda. Qahra
-
monlaring hayotini ochib berish orqali ko‘ngildagi
gaplarni o‘quvchiga yetkaza olsang. O‘quvchi buni
qabul qilsa,
his etsa, unga ham yuqsa tuyg‘ularing...
Ancha vaqt tashlab qo‘yib, so‘ng o‘qib chiqsam,
nazarimda, roman janriga mosdek.
Roman asosida ko‘p qismli serial ham
yaratildi, tasvirga olish jarayonlarida o‘zim
ishtirok etishga harakat qildim.
Bundan oldin “Bankir” va “Kasofat raqam
-
lar” deb atalgan romanlar yozgandim. Birinchisi
kitob bo‘lib chiqqan, ikkinchisi yaqinda “Yangi asr
avlodi” nashriyotida chop etiladiganga o‘xshab
turibdi.
– Ijodingizni fantastik asarlardan boshla-
Dostları ilə paylaş: