5
adabiy-ijtimoiy jurnal
qarasak, miqdor o‘sishi
jihatidan rivojlanishga
yuz tutgandirmiz, ammo sifat borasidagi bu
e’tirof anchayin bahsli, nazarimda.
Bu kaminaning xususiy mulohazasi,
albatta. Harqalay, deyarli o‘ttiz
yildan beri kasb
taqozosiga ko‘ra, bundan tashqari turli kat
-
ta-kichik tanlovlar-u seminarlarda juda ko‘plab,
lofi bilan aytganda, vagon-vagon “hikoya” atal-
mish mashqlarni o‘qishga to‘g‘ri keldi. Shular
-
dan xulosa chiqaradigan bo‘lsam, fikrimcha,
keyingi davr hikoyachiligida voqeabandlik,
bayonchilik va... savodsizlik anchayin “yarq”
etib ko‘zga tashlanib qolganday.
Bu mulohaza
nafaqat kompyuterda terilib, oppoq qog‘ozlarda
chiroyli qilib chiqarilgan mashqlarga, balki
falon adadlarda chop etilgan katta-kichik
ayrim kitoblarga ham taalluqli. Bugun, deylik,
Abdulla
Qahhor singari, shapaloqdek hikoyani
ma shinkada (!) o‘n martalab qayta ko‘chiradi-
gan ijodkorni kunduzi chiroq yoqib ham topol
-
maysiz.
Shubhasiz, muallifini, adabiyotimizni
tabriklashga
arzigulik, qayta-qayta o‘qiladigan,
uqiladigan ajoyib hikoyalar yozilyapti, chop etil-
yapti. Ammo, taassufki, bunday asarlar sanoqli.
– Siz asarlaringizda nom tanlashda ko‘proq
nimaga e’tibor qaratasiz?
– Ko‘p hollarda sarlavha o‘z-o‘zidan, asar
ko‘ngilda tug‘ilgan, hali qog‘ozga tushma
-
gan paytlarda paydo bo‘ladi.
Keyin fursati
yetib bitik tug‘iladi, bu jarayonda nom
o‘zgarib ketishi ham mumkin. Shu ning
uchun bu borada aniq bir
“
retsept
”
yo‘q.
To‘g‘ri, bilgichlar yaxshi asarning ellik foizini
yaxshi
sarlavha tashkil etadi, deyishadi.
Balki, joyida topilgan sarlavha o‘quvchini
o‘ziga jalb qilar. Biroq ko‘p hollarda haqiqiy
asar o‘zining oddiygina sarlavhasi bilan
ham baribir ko‘ngillarni zabt etaversa kerak.
Harqalay, mashhur yozuvchi asariga nega
bunday nom qo‘yganini so‘rashganida, bejiz
“Qizilning qizilligini, oqning oqligini ko‘rsatish
uchun” deb javob berib qo‘ya qolmagan bo‘lsa
kerak.
Dostları ilə paylaş: