Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

– “Puankare” hikoyasini o‘qigan o‘quvchi 
ko‘z o‘ngida keng va katta tafakkur egasi bo‘lgan 
nafaqat matematik, balki faylasuf muallif 
gavdalanadi. Bularni yozishda qanday ijodiy 
tayyorgarlik ko‘rgansiz? Yoki romanga aylan-
tirish niyati bo‘lganmi? Nazarimizda, asardagi 
keng tasavvur hikoya ohangiga sig‘magandek 
ko‘rinadi.
– Inson nima uchun dunyoga keladi? Fa -
qat yeb-ichish, yaxshi kiyinish, to‘kin-sochish 
yashash, bir so‘z bilan aytganda, kun ko‘rish 
uchunginami? Unda Insonga ilohiy qalb, shuur, 
tafakkur nega ato etilgan? Inson qachon o‘zini 
yaratadi, qachon o‘zligini anglaydi? Qachon “nafsi 
kofir fitnasidin” (Alisher Navoiy ta’biri) qutuladi?..
Bunday adoqsiz savollar har birimizni 
bezovta qilishi, o‘ylantirishi turgan gap. Hikoyaga 
yozilgan so‘ng so‘zda qayd etilganidek, nafsi
-
lamriga, ana shu savollarga javob izlashning 
iztirobli jarayonida qog‘ozga tushdi “Puankare”.
Zero, har kim o‘z qismatiga o‘zi xo‘jayin, 
tanlash ixtiyori har kimning o‘zida. Shu bois 
Hayot-Puankare aytadi: “Bu dunyoda har 
birimiz ham qaysidir ma’noda Perelmanmiz. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


7
adabiy-ijtimoiy jurnal
Hamma mizning qalbimizda kashf etish, yaratish 
intilishi yotadi. Biroq mo‘jiza osmondan tush
-
maydi, bir oniy lahzada kashfiyot ham yaratib 
qo‘ya olmaymiz. Har qanday o‘ta oddiy bo‘lib 
ko‘ringan yangilik zamirida og‘ir mehnat, bilim, 
harakat, iroda, sabr va maqsad yo‘lida hayotni 
tikish yotadi. Boshqa hamma bahonalar bekorchi 
gapdan o‘zga narsa emas. Sen Insonsan. Koinot 
sarvarisan! Senga Buyuk Ong ato etilgan. Senga 
buyuk qalb ato etilgan. Senga bemisl salohiyat 
ato etilgan. Foydalan ulardan. O‘tkinchi hoy-ha-
vaslarga bir lahzaga chalg‘idingmi, uning ortidan 
seni yanada chalg‘itadigan ikkinchi lahza yetib 
keladi. Keyin uchinchisi. Keyin to‘rtinchisi. Va 
shu bilan hammasi barham topadi...”
Albatta, hikoyada matematika aytilmoqchi 
bo‘lgan fikrga, alamli mulohazalarga bir vosita, 
xolos. Qahramon mate matik olim emas, yozuv
-
chi, rassom, jurnalist... bo‘lishi ham 
mumkin edi. Ehtimol, institutda besh 
yil matema tika o‘qiganim uchundir, 
shu soha vakilini qahramon qilib 
oldim.
Bilasiz, har bir odam dunyoga 
biron iqtidor bilan keladi. Gap ana 
shu salohiyatni to‘laqonli ro‘yobga 
chiqarishda. Ammo moddiylik, nafs 
ustuvor jamiyatda, muhitda bunday 
qobiliyat egalarining ko‘kka parvoz 
etishlari mushkul kechadi, zero, 
ularning oyog‘idan pastga tortib turuvchi omillar, 
sabab-bahonalar va hattoki olomon qudratliroq 
bo‘ladi.
– Sohangiz boshqa, ya’ni muhandislik bo‘l gani 
bilan sizni adabiyot yo‘lida nima tutib qolgan?
– Adabiyot – ko‘ngil ishi, ko‘ngil ehtiyoji. 
Hech kim birovni yoz deb majburlamaydi. Aytib 
o‘tganimdek, maktab yillari u-bu mashqlar 
qoralaganman, ularning ayrimlari tuman-viloyat 
nashrlarida chiqqan ham. Birinchi qissam esa 
10-sinfda o‘qib yurganimda “Gulxan” jurnalida 
e’lon qilingan. O‘zim maktabda aniq fanlarni 
yaxshi ko‘rardim. Kimyoni va ayniqsa, matemati
-
kani. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bir yil tuman 
gazetasida ishlagach, politexnika institutiga 
o‘qishga kirdim. Institutda ko‘proq rus tilidagi 
adabiyotlarni o‘qish imkoni tug‘ildi. Yozganla-
rimni esa tashlab qo‘yaverdim.
Nihoyat, 1988-yili yosh ijodkorlarning 
Do‘rmon seminarida qatnashdim. U paytlari 
zavodda ishlardim. Ochig‘i, mashqlar qizg‘in 
muhokama qilingan anjumanda ko‘plab 
iste’dodli yoshlarni uchratdim. Afsuski, keyin
-
chalik ularning aksariyati adabiyotni tashlab 
ketdi. Sababi tirikchilik bo‘lsa kerak-da, yana 
bilmadim...
To‘qsoninchi yillari kaminani Moskvada 
hikoyasi chop etilgan, birinchi kitobi chiqqan 
qalamkash sifatida jurnalga taklif qilib qo lishdi. 
Og‘ir yillar edi. Do‘konlar bo‘m-bo‘sh... Til 
bi lishim qo‘l kelib, tarjima bilan shug‘ullana 
boshladim. Shu...

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin