Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


QADIMGI TURK DIALEKTLARI VA ULARNING ADABIY TILGA



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

QADIMGI TURK DIALEKTLARI VA ULARNING ADABIY TILGA 
BOG‘LIQLIGI
Turkshunoslikda qadimgi turk dialektlari, ularning adabiy 
tilga bog‘liqliq yeri, bizgacha saqlangan yozma yodgorliklar 
tilining dialektal o‘zgachaliklari o‘rganilganicha yo‘q. Bu 
jumboqning yechimi, tabiiyki, qadimgi yozma adabiy til 
asosida qay bir dialekt yetakchi o‘rin tutganligi, shuning bilan 
birga, hozirgi dialektlar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga 
ega. Yozma yodgorliklar tilining dialektal asoslari turkiy 
tillarning yuzaga kelish tarixini o‘rganish uchun ham 
muhimdir. 
Ko‘k turk bitiglari bilan uyg‘ur, moniy yozuvlarida bitilgan 
yodgorliklar yagona adabiy til an’anasi ta’sirida, oldinma-ketin 
yaratilgan bo‘luviga qaramay, matnlar tilida xos xususiyatlar 
kuzatiladi. 
Masalan, yodgorliklar tilida [b]~[m] hodisasini kuzatish 
mumkin. Urxun bitiglari tilidagi so‘z boshida kelgan [b] uyg‘ur 
yozuvli matnlarda [m] ga o‘zgaradi: 
ben – men, biŋ – miŋ
singari. Matnlarning buning kabi o‘zgachaliklari ko‘k turk 
xatidagi yodgorliklar tili qadimgi uyg‘ur, moniy, brahma 
yozuvidagi yodgorliklardan ayri bir dialekt asosida yuzaga 
kelganidan dalolat beradi. 
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” 
asarida eski turk dialektlari to‘g‘risida keng ma’lumot bergan. 
Uning bu asari eski turkiy tilning dialektal o‘zgachaliklarini 
o‘rganish uchun eng kerakli manbadir.


62
Mahmud Koshg‘ariy turkiy dialektlar to‘g‘risida 
Mazkur asarida Mahmud Koshg‘ariy, o‘rni bilan, o‘sha 
zamondagi turk dialektlari o‘rtasidagi o‘zgachaliklar, ularning 
fonetik, leksik-semantik, morfologik belgilarini o‘ritib o‘tadi. 
Muallif ta’biri bilan aytganda unda “har bir qabilaning o‘ziga 
xos xususiyatlariga ko‘ra qiyosiy qoidalar tuzilgan” (I.47). 
Mahmud Koshg‘ariy turk dialektlarining katta bir guruhini 
(bu o‘rinda yetakchi shevalarga asoslangan adabiy til nazarda 
tutiladi) “turk”, muayyan dialekt, qabila, urug‘larni ularning 
o‘z nomlari bilan (jumladan, o‘g‘uz, qipchoq, chigil va b.) 
ataydi. 
Ora-ora 
ularning 
yetakchi 
shevalardan 
(ya’ni 
“turkcha”dan) farqli yeri, o‘ziga xosliklari qayd etib o‘tiladi. 
Sug‘daq, 
kanjak, 
arg‘ular, 
xo‘tanlilar, 
tubut 
va 
tangutlarning ba’zilari sug‘dcha va turkcha so‘zlashuvchilar 
guruhiga 
kiritilgan. 
Muallif 
turkcha 
va 
sug‘dcha 
so‘zlashuvchilar haqida gapirib, ularning tilida “buzuqlik 
bor”ligini qayd etadi (I.65). Chamasi bu o‘rinda mazkur ikki 
tilli xalqlarning turkiy tilni buzib gapirishlari nazarda tutilgan. 
Endi devonda keltirilgan turkiy dialektlar haqidagi 
ma’lumotlarga to‘xtalamiz.
Dialektlarning 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin