ishlab chiqarish 7,1 barobarga, avtobuslar – 2,6, yuk avtomobillari – 10 barobarga
ortdi. Umuman olganda mustaqillik yillarida respublikada mashinasozlik va
metallga ishlov berish maxsulotlari ishlab chiqarish xajmi 11,5 marotabaga
ko‘paydi.
Davlat
makroiqtisodiy
barqarorlikni
mustaxkamlash
maqsadlarida
iqtisodiyotning bazoviy tarmoqlari: neft, gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya,
kimyo va neft–kimyo sanoatini jadal rivojlantirish choralarini ko‘rdi. Natijada
O‘zbekiston sanoatining tarmoq tarkibida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitlarida ham O‘zbekistonda eksport
hajmi ortib bormoqda. 2011 yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010 yilga nisbatan
qariyb 15,4 % ga ko‘paydi va 15,0 mlrd. AQSH dollardan ko‘proqni tashkil etdi.
Bu 2000 yilga nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy
saldosi 4,5 mlrd. AQSH dollaridan oshdi. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar
ulushi 60,0 % ni tashkil etdi, holbuki, 2000 yilda bu ko‘rsatkich 46,0 % edi.
Mamlakat tashqi savdosining ijobiy saldosi esa 1,8 marotabaga ortib 4,2 mlrd.
AQSH dollarini tashkil etdi (2.3-rasm). Tegishli ravishda mamlakatning oltin –
valyuta zaxiralari ko‘paydi.
2012 yilning 1yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning umumiy tashqi qarzi yalpi
ichki mahsulotning 17,5 % dan, eksport hajmiga nisbatan esa 53,7 % dan oshmaydi.
Bu xalqaro mezonlar bo‘yicha “Har jihatdan maqbul holat” deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: