bob. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti


-rasm. O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot hajmi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix14.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#177152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 mavzu Inso taraqqiyoti konsepsiyasi

2.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot hajmi 
o‘sishining dinamikasi (% hisobida)
1
 
O‘zbekistonda tadbirkorlik muhiti jiddiy ravishda yaxshilanganligi, iqtisodiy 
o‘sish yuqori sur’atlari barqaror xususiyatga egaligini investitsiyaviy faollik 
ko‘rsatkichlari yaqqol isbotlab turibdi. Xususan, 1990 - 2000 yillarda o‘zlashtirilgan 
kapital quyilmalarning hajmi 3,8 barobarga ortdi, 2010 yilda esa mamlakat 
iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan kapital quyilmalarning hajmi 9,7 mlrd AQSH dollariga 
teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 1990 yilga nisbatan 11,6 ortdi. 
Mamlakatda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab 
chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. 2011 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari 
hisobidan qiymati 10,8 mlrd. AQSH dollaridan ortiq kapital qo‘yilmalar 
o‘zlashtirildi.Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 23,9 % ga etdi.
2011 yilning o‘zida iqtisodiyotning real sektoriga 2,9 mlrd. AQSH dollari 
hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, ularning 78,8 % to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalardir. 
Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish qulay investitsiya muhitiga 
bog‘liqdir. Investitsiya muhiti qulay bo‘lishini quyidagi asosiy omillar belgilaydi: 
• xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha davlat siyosati hamda bu 
masalada mavjud imtiyozlar; 
• resurs-xomashyolar (asosiy turdagi tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik 
darajasi); 
• ishlab chiqarish (mamlakatdagi xo‘jalik faoliyati natijalarining jamlanmasi); 
• iste’mol ( aholining jamlanma xarid qobiliyati); 
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари // http: //www.stat.uz. 
7,5

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin