Korxonaning inson kapitali
da xozirgi vaqtda savdo belgisi, personal va yangi
texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi.
Bu kapitalga,
shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (litsenziyalar, patentlar, mualliflik
guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital,
tarkibiy, kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin.
Milliy inson kapitali
ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy intellektual
ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va millatning tabiiy salohiyatini qamrab
oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan
mamlakat milliy boyligining
yarmidan ko‘prog‘ini, jaxonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 70,0-80,0 % dan
ortig‘ini tashkil etadi.
22
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. –Т.: Меҳнат, 2009. - Б.182.
23
Корчагин Ю. А. Инвестиционная стратегия. — Ростов-на-Дону: Феникс, 2006. С. 17.
O‘rni kelganda inson kapitali nazariyasida ham amaliy, ham nazariy darajada
qator baxsli masalalar mavjduligini ham ko‘rsatish lozim. Nazariyaga ko‘ra har bir
shaxs inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar kelgusida ish xaqi ortishi xisobiga
qoplanishini to‘g‘ri baholaydi deb hisoblanadi. Ammo bunda muayyan ko‘nikma va
kasblarga ega bo‘lganda, ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan juda
ko‘pgina iqtisodiy va hatto siyosiy omillar hisobga olinmaydi.
Ikkinchi muammo inson kapitali nazariyasining empirik ahamiyati bilan
bog‘liqdir. Ayrim tadqiqotchilar ta’lim sohasi kabi
inson kapitaliga harajatlar
odamlar ish xaqi miqdori o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini isbotlagan.
Agar motivatsiya kabi omillar hisobga olinmaydigan bo‘lsa inson kapitalga
investitsiyalar kiritilishining kelgusida o‘zini qoplashiga ortiqcha baho berib
yuborilishi mumkin.
Odatda faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish
maqsadida kiritiladigan
investitsiyalar shaklidagi jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitaliga
investitsiyalar qisman samarasiz foydalanilishi mumkin. SHuning uchun bu
xarajatlarning hammasini investitsiyalarga kiritib ham bo‘lmaydi. Masalan, tarix,
tasviriy san’at va adabiyot bilan shug‘ullanadigan studentlarning ko‘pchiligi buni
o‘z mehnati samaradorligini oshirish maqsadida qilmaydi. Bu kabi masalalar inson
kapitaliga kiritilgan mablag‘larning qiymati va ularning
qoplanishini xisoblab
chiqishni murakkablashtiradi.
SHu bilan bir qatorda har qanday investitsiyalar bozori kabi inson kapitali
bozori ham kamchiliklardan xoli emas:
• ish kuchining nisbatan erkin harakatlanishi ish beruvchilarni ish kuchini
rivojlantirishga mablag‘ sarflashga intilishlarini kamaytiradi;
• ayniqsa yoshlar o‘rtasida ta’limning qimmati to‘g‘risidagi
axborot
etishmasligi inson kapitaliga etarli bo‘lmagan darajada yoki noto‘g‘ri investitsiya
kiritilishiga olib keladi;
• aholining kattagina qismida o‘ziga investitsiya kiritish uchun mablag‘
etishmaydi.
Inson kapitaliga investitsiyalar bozorining bu va ayrim boshqa kamchiliklari
sababli bozor mexanizmlari o‘z-o‘zidan buni eng maqbul tarzda tartibga soladi,
degan fikrga olib kelmasligi kerak. SHuning uchun ham davlatning inson kapitaliga
investitsiyalar kiritishda bevosita ishtirok etishi nixoyatda muhimdir.
Bunday yondashuvning alohida muximligini Jaxon
bankining tadqiqotlari
isbotlab turibdi. Jahon banki ekspertlari 192 mamlakatda amalga oshirgan
tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan:
• iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining 64,0% dan ko‘prog‘i inson kapitali bilan
bog‘liqdir;
• mamlakatning tabiiy resurslari iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat
20,0% gacha bo‘lgan qismini ta’minlaydi;
• o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati
iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 16,0 % ni ta’minlaydi.
Ushbu dalillar hozirgi davr jamiyatida inson kapitalining
roli va ahamiyatini
yaqqol ko‘rsatib turibdi.