bob. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix14.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#177152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 mavzu Inso taraqqiyoti konsepsiyasi

Инсон капиталининг таркиби 
Ажратиб бериладиган инсон 
капиталининг турлари 
Ажратиб берилмайдиган инсон 
капиталининг турлари 
Маданий-аҳлоқий 
Саломатлик (биофизик) 
Ижтимоий-маданий 
Социал 
Таркибий 


2.7-rasm. Inson kapitalining tasnifi 
 
3. 
Mehnat kapitali
. Mehnat qanchalik murakkab bo‘lsa, xodimning malakasi, 
bilimi, tajribasi, va ma’suliyatiga talab ham shu qadar yuqori bo‘ladi. Malakali 
mehnat oddiy mehnatga qaraganda samaraliroqdir, shuning uchun unga yuqoriroq 
xaq to‘lanishi kerak. Korxonalarda mehat kapitali malakali xodimlarning mehnatida 
mujassam bo‘lib, ularning salmog‘i qo‘llaniyotgan texnologiyaga bog‘liqdir. 
4. 
Ta’lim kapitali.
U tajriba, mehnat ko‘nikmalari va eng muhimi bilim 
to‘planishi natijasida butun hayot davomida shakllanib boradi. Ta’lim malakali 
xodimlarni takror hosil qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
5. 
Intellektual kapital
. Intellektual faoliyatning mahsuloti muallifning mutlaq 
mulki sifatida mualliflik huquqi bilan patentlanadi va mustahkamlanadi. Bu 
kapitaldan iqtisodiyotda qanday foydalanish yo‘nalishlarini va shakllarini belgilash 
huquqi muallifga tegishlidir. Intellektual mulk ob’ektlari xo‘jalik aylanmasiga 
korxonalarning moddiy aktivlari sifatida jalb etiladi hamda ularning, shuningdek 
ushbu aktiv egalarining daromadlarini ko‘paytiradi. 
6. 
Tashkiliy-tadbirkorlik kapitali
. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoki 
korxona personalini boshqarish uchun tashkilotchilik qobiliyati, yuksak mas’uliyat, 
ishbilarmorlik, yangilikka intilish, tejamkorlik, iroda, oqilona tavakkalchilik qilish 
talab qilinadi. Ana shu kapital – nou-xau, tijorat sirlariga ega bo‘lish ularni tashkiliy-
tadbirkorlik kapitaliga aylantirish imkonini beradi. Ishbilarmonlik darajasi xususiy 
va nazorat qilinadigan kapital miqdorida o‘z ifodasini topadi. Bu esa kichik, o‘rta va 
yirik biznesni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. 
YUqorida qayd qilingan inson kapitalining turlari mazkur iqtisodiy 
kategoriyaning 
ajratib berilmaydigan
turlariga taaluqlidir. 
Ajratib beriladigan
inson kapitali turlariga esa qo‘yidagilar kiradi: 
• ijtimoiy-madaniy inson kapitali.
Bu kapital xodimlar madaniy sifatlari va 
qobiliyatlarining integratsiyalashishi va kooperatsiyalashishini, ijtimoiy takror hosil 


qilish tarkibida doimiy axborot, ilmiy, ta’lim, texnologik oqimlar mavjud bo‘lishini 
aks ettiradi; 
• sotsial kapital.
Sotsial normalar, ishonch va hokazolar uning unsurlari 
xisoblanadi. Sotsial kapital har bir iqtisodiy sub’ekt u yoki bu tarzda ijtimoiy 
munosabatlar tizimiga integratsiya qilinganligii bilan bog‘liqdir. Inson kapitalining 
ushbu turi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir: 
birinchidan, bu hamisha tashkillashtirilgan o‘zaro munosabatlar mahsulidir, 
shuning uchun shaxsiy emas, balki ijtimoiy shaklga egadir; 
ikkinchidan, sotsial kapital tashkiliy-ijtimoiy tizim amal etishining unsuri 
sifatida xususiy mulk bo‘lishi mumkin emas, ya’ni ijtimoiy ne’mat xisoblanadi. 
A.I. Merko sotsial kapital axborot, g‘oyalar, ishonch, kooperatsiya, hissiy 
qo‘llab-quvvatlash va tashkiliy darajaning boshqa unsurlarini qamrab olgan deb 
xisoblaydi. Bundan kelib chiqqan xolda u ijtimoiy kapitalning ikki darajasini ajratib 
ko‘rsatadi
19

1. Tarkibiy kapital – bu xo‘jalik yurutuvchi sub’ektning bozorning o‘zgarib 
boradigan kon’yunkturasiga moslashgan hamda buni korxona uchun manfaatli 
yo‘nalishga qaratgan holda o‘z tashkiliy tuzilmasini boshqarish qobiliyatidir
20
.
Hozirgi davr iqtisodiyotida firmalar ish ko‘radigan raqobat muhiti 
innovatsiyalar ta’siri ostida mutassil o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlarning 
yuqori sur’ati korxona muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni 
murakkablashtiradi. Ana shunday sharoitlardan biri - korxonada salmoqli darajada 
tarkibiy kapital mavjud bo‘lishidir. 
2. Tashkiliy kapital. Moxiyat jihatidan bu xo‘jalik yuritishning tizimga solish 
malakasi hamda tashkiliy imkoniyatlardir. Tashkiliy kapital quyudagilarni qamrab 
oladi: 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin