Iqtisodiyotning barqaror yuqori sur’atlarda o‘sishi,
ish xaqi,
pensiyalar,
stipendiyalar va nafaqalar miqdorining muntazam ravishda qayta ko‘rib
chiqilishi
aholi daromadlari ko‘payishi, turmush sifati yaxshilanishini ta’minlamoqda. Bu
aholi turmush darajasining jon boshiga ko‘rsatkichlari jiddiy ravishda ortganligida
o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosatni izchil amalga oshirish 1990 yildagiga
nisbatan eng kam ish xaqi miqdorini 2,6 barobarga, eng kam pensiya miqdorini esa
5,9 barobarga ko‘paytirilishini ta’minladi.
Aholi farovonligining eng muhim umumlashma ko‘rsatkichi oila iste’mol
byudjetining hajmi va tarkibi xisoblanadi. U oilalar
jamlanma daromadlarining
hajmi va tarkibiga bog‘liqdir.
O‘zbekiston aholisining jamlanma daromadlari keyingi 20 yil ichida 8,6
barobarga ko‘paydi (2.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: