bob. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix14.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#177152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 mavzu Inso taraqqiyoti konsepsiyasi

8
8,5
9
2008
2009
2010
2011
9
8,1
8,5
8,3


• infratuzilma (mamlakatning jo‘g‘rofiy joylashishi, infratuzilmalarning 
rivojlanganligi darajasi); - malakali ish kuchi mavjudligi hamda o‘rtacha ish haqi 
darajasi; 
• iqtisodiy kon’yukturaning holati; 
• ichki bozorning rivojlanganligi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi 
bozorda sotish imkoniyatlari; 
• kredit tizimi, soliqqa tortish darajasi; 
• intellektual salohiyat (aholining ta’lim darajasi); 
• institutsional (fan-texnika yutuqlari joriy etilishining darajasi). 
CHet el investitsiyalari O‘zbekiston Respublikasi xududida turli shakl va 
usullarda amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi yuridik 
va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va 
shirkatlari, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning nizom 
jamg‘armalari va boshqa mulkida hissadorlik asosida ishtirok etish; 
• to‘laligicha chet el sarmoyadorlariga tegishli bo‘ladigan xo‘jalik jamiyatlari 
va shirkatlari, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni tashkil etish va 
rivojlantirish; 
• O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining mulki, aksiyalari va boshqa 
qimmatli qog‘ozlari, shu jumladan qarz majburiyatlarini sotib olish; 
• intellektual mulk huquqiga, shu jumladan, mualliflik huquqiga, patentlar, 
tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, 
shuningdek ishonch(gudvill)ga investitsiya kiritish; 
• konsessiyalarni, shu jumladan, tabiat resurslarini razvedka qilish, ishlab 
chiqish, qazib olish yoxud foydalanish huquqini sotib olish; 
• savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari mulkiga egalik qilish, turar-joy 
binolarini ular joylashgan er uchastkalari bilan, shuningdek erdan (shu jumladan 
ijara asosida) va tabiat resurslaridan foydalanish huquqini sotib olish. 
O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalar kiritish shakllari bo‘yicha biron-
bir cheklashlar mavjud emas. CHet el sarmoyadorlari mamlakat xududida amaldagi 
qonunchilikka muvofiq ravishda har qanday tashkiliy-huquqiy shakllardagi 
korxonalarni tashkil eta oladilar. 
Bugungi kunda chet el sarmoyadorlariga investitsiya kiritishning quyidagi 
shakllari taklif etiladi: 
• qo‘shma korxona tashkil etish
• 100 % chet el kapitaliga ega korxonalar tashkil etish; 
• xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari bir qismi yoki to‘la paketini 
sotib olish. 
Quyidagi shartlarga javob beradigan yangi tashkil etilayotgan korxonalar chet 
el investitsiyalari kiritilgan korxonalar deb e’tirof etiladi: 
• korxona nizom fondi kamida 150,0 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 
miqdor;
• korxona ta’sischilaridan biri chet el yuridik shaxsi bo‘lgan korxona; 
• chet el investitsiyalarning ulushi korxona nizom fondining kamida 30,0% ni 
tashkil etadigan korxona. 


Bundan tashqari agar chet el investitsiyalari kiritilgan korxona o‘z 
daromadlarining 60,0 % dan ko‘prog‘ini ishlab chiqargan mahsulotini sotish yoki 
ko‘rsatgan xizmatidan olsa, bu korxonalar chet el investitsiyalari kiritilgan ishlab 
chiqarish korxonalari deb hisoblanadi. Bunday korxonalarga qo‘shimcha soliq, boj 
imtiyozlari va boshqa imtiyozlar hamda rag‘batlantirish omillari beriladi.
Mamlakatdagi amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el 
investitsiyalari tushunchasi quyidagilarni mujassamlashtirgan: 
• xorijiy sarmoyadorlar tomonidan moddiy va nomoddiy ne’matlarni hamda 
ularga huquqni, shu jumladan, intellektual mulkka huquqni kiritish; 
• chet el sarmoyadorlari tomonidan har qanday chet el investitsiyalaridan 
olingan daromadni tadbirkorlik ob’ektlari va faoliyatning boshqa turlariga kiritish. 
SHu bilang bir qatorda jami investitsiyalarning 73,0 % dan ortig‘i 
mamlakatning ichki manbalari hisobidan – korxonalar va aholi mablag‘lari, 
investitsiya jarayonlarida tobora faol ishtirok etayotgan tijorat banklari kreditlari
shuningdek, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari 
hisobidan shakllantirilayotganligini alohida ta’kidlash lozim. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin