bob. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix14.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#177152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 mavzu Inso taraqqiyoti konsepsiyasi

Вильям Петти

William Petty
, 1623—1687) — инглиз иқтисодчиси, Англияда классик сиёсий иқтисод 
асосчиларидан бири. Асосий асари: “Солиқлар ва йиғимлар тўғрисида трактат” (“Treatise of taxes and 
contributions”,1662).. 
6
Петти В. Экономические и статистические работы / Петти В. Том 1. – М.: Соцэкгиз, 1940. - С.156. 
7
Экономическая энциклопедия /Гл. ред. Абалкин Л.И. – М., 1999. С.271. 


jarayoni investitsiya kiritish deb ataladi. Investitsiya kiritish dastlab xarajatlar qilish, 
keyinchalik bu xarajatlarning qoplanishini nazarda tutadi. 
Dastlabki paytda inson kapitali deganda odamlarning mehnatga bo‘lgan 
qobiliyati – ta’lim va kasb ko‘nikmalariga investitsiyalar jamlanmasi tushunilgan. 
Keyinchalik inson kapitali tushunchasi jiddiy ravishda kengaydi. Jahon banki 
ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan eng so‘ngi hisob-kitoblarda inson 
kapitaliga iste’mol xarajatlari – oilalarning ovqatlanishi, kiyim–kechak, turar joy, 
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyatga va hokazolargasarflar, shuningdek davlatning 
bu maqsadlar uchun xarajatlari kiritilgan. 
YUqorida qayd etilganlar umumlashtiradigan bo‘lsa, inson kapitali 
tor 
ma’noda 
– bu insonning intellekti, sog‘lig‘i, bilimi, sifatli va unumli mehnati hamda 
uning turmush sifatidir. 
Keng ma’no
dagi inson kapitali – bu iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab 
chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining bilimli qismi, 
intellektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir. Ular inson 
kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va oqilona amal 
etishini ta’minlashi kerak. 
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o‘zlariga investitsiya kiritib, 
imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag‘ 
sarflab, milliy daromadni ko‘paytirishi mumkin. Bunday investitsiyalarning 
samaradorligi sarf qilingan mablag‘larning mehnat unumdorligi ortishi va ish xaqi 
ko‘payishi orqali qoplanishida o‘z ifodasini topadi. 
Umuman, keng manodagi kapital deyilganda to‘planadigan, ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan va daromad keltiradigan ijtimoiy boylikning barcha unsublari 
nazarda tutiladi. Bu T. SHuls
8
fikriga ko‘ra, kapitalni: inson kapitali va ashyoviy 
kapitalga izchil taqsimlash imkonini beradi
9

Inson kapitali konsepsiyasiga to‘liqroq aniqlik kiritish uchun jismoniy va inson 
kapitali o‘rtasidagi farqni ajratish talab etiladi. Kapitalning bu ikki turi muayyan 
darajada, ayniqsa kelajakda foyda olish uchun bugun mablag‘ sarflash masalasida 
o‘zaro o‘xshashdir. SHu bilan birga inson kapitali o‘ziga xos noyob belgilarga 
egadir. Jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitali bevosita odamning o‘zi 
bilan bog‘liqdir. Erkin jamiyatda inson kapitalining egasi faqat shu insonning o‘zi 
bo‘lishi mumkin. 
Kapitalning bu shakli ham, masalan uning egasi betob bo‘lsa qadrsizlanishi, 
vafot etsa butunlay yo‘qotilishi mumkin. Mazkur holat inson kapitaliga investitsiya 
kiritish jismoniy kapitalga investitsiya kiritishga qaraganda ko‘proq tavakkalchilikni 
talab etishidan dalolat beradi. 
Inson kapitalini boshqalarga bera olmaslik ham uning egasiga bog‘liqligini 
ko‘rsatadi. Inson o‘z e’tiqodi, moyilligi, hayotiy qadriyatlardan kelib chiqqan xolda 
8

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin