kapitali tobora mavqei ortib, etakchi rol o‘ynamoqda.
Bevosita inson kapitali
iste’mol qilinayotgan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab turadi
hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda keltiradigan yangi
qiymat yaratadi.
Professor q.X. Abdurahmonovning fikricha, “Inson kapitalini ahamiyati tabiiy
resurslar, moddiy boylik va vositalarga qaraganda yuqoriroqdir”
22
. SHuning uchun
inson kapitali iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning asosiy omilidir.
Inson
kapitalining iqtisodiy kategoriyasi sifatidagi tushunchasi jahon axborot hamjamiyati
va “bilimlar iqtisodiyoti” rivojlanishi bilan birgalikda muntazam ravishda kengayib
bormoqda. Hozirgi davrda inson kapitali intellektual
va boshqaruv mehnatini,
yashash va mehnat faoliyati muhitini qamrab oladigan iqtisodiyotni,
jamiyat va
oilani rivojlantirishning intensiv ishlab chiqarish omilidir. Bu inson kapitalini
rivojlantirishning ishlab chiqaruvchi omili sifatida samarali va oqilona amal etishini
ta’minlaydi
23
.
Inson
kapitali nazariyasiga muvofiq, inson kapitalining to‘planishi turli
shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng asosiylari ta’lim olish hamda
kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlarni rivojlantirish
asosida kapitalni
to‘plashdir. Odatda bu qatordan oiladagi tarbiya ham o‘rin oladi.
SHu bilan birga kapitalni to‘plashning boshqa shakllari ham mavjuddir. O‘z
sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish (investitsiya kiritish), migratsiya, iqtisodiyot,
mehnat bozori amal etishi to‘g‘risida axborot olish hamda insonning intellektual va
jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, bu qobiliyatlardan
foydalanish mehnat
samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan boshqa shakllar shular
jumlasidandir.
Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va
boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi
tomonidan nazorat qilinadi.
Alohida shaxsning inson kapitali
uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi
va ko‘nikmalaridan iboratdir. “Insonning qiymati” uning hayoti bosqichlarida ortib
boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni
paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini yanada
oshirishga shaxsiy investitsiyalar kiritishga rag‘batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: