bob. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix14.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#177152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 mavzu Inso taraqqiyoti konsepsiyasi

Теодор Уильям Шульц
( Theodore William Schultz, 1902 йил 30 апрель, Арлингтон —1998 йил 26 февраль, 
Иванстон, АҚШ) — америкалик иқтисодчи, “ривожланаётган мамлакатлардаги иқтисодий ривожланиш 
муаммолари тадқиқотлари учун” 1979 йилги Нобель мукофоти лауреати. Асосий асарлари: “Жаҳон учун озиқ-
овқат” (“Food for the World”, 1945); “Анъанавий аграр соҳасининг трансформацияси” (“Transforming 
Traditional Agriculture”, 1964). 
9
Shultz T. Human Capital, family planning and their etfects on population growth // American Economic Review. -
1994. –May. P.45. 


o‘z kapitalidan turli samaradorlik bilan foydalanishi mumkin. Amaliyotda aholida 
mavjud bo‘lgan inson kapitali zahirasibilan uning mehnat bozorda 
foydalanilayotgani o‘rtasida katta tafovut bo‘lishi mumkin. 
Ashyoviy kapital boylikning bevosita moddiy shakliga – binolar va inshoatlar, 
er va boshqa tabiiy resurslar, dastgohlar, moddiy–tovar boyliklari zahiralariga 
egadir. Ashyoviy bo‘lmagan kapital o‘z moddiy shakliga ega bo‘lmasdan, jismoniy 
kapitalda mujamlashadi va ushbu kapital sifati yoki samaradorligini oshirishi 
mumkin. Kapital jamlanmasining bu ikki qismi o‘z navbatida insonlarda 
mujassamlashmagan kapital va inson kapitaliga bo‘linadi.
Odamlarda mujassamlangan ashyoviy kapital insonni shakllantirish uchun 
zarur bo‘lgan, ya’ni bolalarni tarbiyalashga chiqimlardir. Iqtisodchi J. Kendrik 
noashyoviy inson kapitali qatoriga umumiy ta’lim va maxsus tayyorgarlik uchun, 
sog‘liqni saqlash va ish kuchi harakatlanishiga xarajatlarni kiritadi. Insonda 
mujassamlashmagan noashyoviy kapitalga ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar kiradi
10

Inson kapitali nazariyasini shakllantirish, uni rivojlantirish, ilmiy jamoatchilik 
tomonidan e’tirof etilishiga T. SHuls ulkan hissa qo‘shgan. U birinchilardan bo‘lib 
inson kapitali tushunchasiga ishlab chiqaruvchi omil sifatida qaragan. Olim sanoat 
rivojlanishi va sanoat rivojlanishidan keyingi iqtisodiyotda inson kapitalining asosiy 
harakatlantiruvchi kuch sifatidagi rolini anglab etish uchun ko‘p ish qildi.
T. SHuls o‘zining “An’anaviy agrar sohasining transformatsiyasi” asarida 
qishloq xo‘jaligidagi texnologiyalarning roliga alohida e’tibor qaratgan. Uning 
fikriga ko‘ra, bu texnologiyalarning darajasi, eng avvalo fermerlar egallagan 
bilimlarga bog‘liqdir. Fermerlar bilimi darajasining pastligi hosildorlik o‘sishi va 
qishloq xo‘jaligi samaradorligi ortishi yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biridir. 
T.SHulsning hismoblashicha, insonga investitsiya kiritishning asosiy natijalari 
odamlarda mehnat qobiliyatining ortishi, ularning jamiyatda samarali bunyodkorlik 
faoliyatini amalga oshirishi, salomat bo‘lishi va hokazolarda o‘z ifodasini topadi. U 
inson kapitali jamlanish va takror hosil qilinishga qodir deb hisoblagan. Olimning 
baholashicha, jamiyatda ishlab chiqarilayotgan jamlanma mahsulot umumiy 
hajmining to‘rtdan uch qismi inson kapitalini to‘plashga sarflanmoqda. Holbuki, XX 
asrdagi takror hosil qilishga doir ko‘pchilik nazariyalarda bu ko‘rsatkich to‘rtdan 
bir qismni tashkil etadi, deb ko‘rsatilar edi. 
Inson kapitali nazariyotchilaridan G. Bekker
11
inson kapitali tushunchasini 
birinchi bo‘lib mikrodarajada qo‘llay boshladi. U korxonadagi inson kapitalini inson 
ko‘nikmalari, bilim va mahoratining jamlanmasi deb belgilagan. Bunda u 
xodimlarni maxsus o‘qitish, ularda maxsus bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga 
alohida ahamiyat bergan.
10
Кендрик Дж. Совокупный капитал США и его функционирование. – М.: Прогресс, 1976. - С.113. 
11

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin