bob. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix14.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#177152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 mavzu Inso taraqqiyoti konsepsiyasi

Гэри Стэнли Беккер
(Gary Stanley Becker, 1930 йил 2 декабрда туғилган) — америкалик иқтисодчи, 
“микроиқтисодий таҳлил соҳасини инсоннинг қатор хусусиятларига қўллаш учун” 1992 йилги Нобель 
мукофоти лауреати. Асосий асарлари: “Камситишнинг иқтисодий назарияси” (“The Economics of 
Discrimination”,1957), “Инсон капитали» (“Human Capital”, 1964), “Иқтисодий назария” (“Economic Theory, 
1971”). 


G.Bekkerning hisoblashicha, xodimlarning maxsus tayyorgarligi firmaning 
raqobat ustuvorligini shakllantiradi. Bu bozorlarda mahsulotlarning ma’lum va 
mashhur bo‘lishi, pirovard natijada firmaning nufuzi, nou-xausi va savdo belgisida 
o‘z ifodasini topadi. Xodimlarni maxsus tayyorlashdan, eng avvalo, firma va 
kompaniyalarning o‘zlari manfaatdor, shuning uchun ular buni o‘zlari 
moliyalashtiradilar. 
Amerikalik iqtisodchi oliy ta’limdan olinadigan qo‘shimcha daromadni 
quyidagi tarzda belgilagan: kollejni tugallaganlar ishlab topgan daromaddan o‘rta 
ma’lumotga ega xodimlarniki ayriladi. Ta’limga chiqimlar ham ta’lim olish uchun
bevosita xarajatlar, ham muqobil chiqimlar – o‘qish davrida boy berilgan 
daromadlardir. Uning xisoblab chiqishicha, ta’limga investitsiyalar yiliga taxminan 
12,0 – 14,0 % miqdorida foyda keltiradi.
Mazkur tadqiqotlarning amaliy ahamiyat shundan iboratki, G. Bekker inson 
kapitaliga investitsiyalar rentabelligining miqdorini aniqladi va uni AQSH dagi 
ko‘pgina firmalarning rentabelligi bilan taqqosladi. Xususiy ta’lim muassasalari 
sonining ko‘payishi, qisqa muddatli seminarlar va maxsus kurslar tashkil etadigan 
konsalting firmalari faoliyatining kengayishi natijasida ta’lim faoliyatining xususiy 
sektordagi rentabellik darajasi tijorat faoliyatining boshqa turlari rentabelligi 
darajasidan 10,0 – 15,0 % ortiq ekanligini ko‘rsatdi
12

Jamlanma ishlab chiqarish tarkibida alohida inson kapitali kategoriyasini 
ajratib ko‘rsatish uni aniqroq tarkibiy tahlil qilish imkonini beradi (2.8-rasm). 
Amerikalik iqtisodchi I. Ben-Poratning tasniflashiga ko‘ra, inson kapitali 
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1) inson kapitalini yaratishda ishtirok etayotgan odamlarning sifat xususiyatlari 
va qobiliyati; 
2) bozorda taklif etilayotgan hamda boshqa ashyovlar ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatishga kiritilgan kapital qismi
13

G. Bekker tomonidan, shuningdek “maxsus inson kapitali” tushunchasi ham 
muomalaga kiritilgan. Bu kategoriya “umumiy inson kapitalidan” farqli ravishda 
maxsus tayyorgalik natijasida egallangan hamda faqat o‘zining korxonasi uchun 
ishlab chiqarishda manfaat keltiradigan bilimlar va ko‘nikmalar jamlanmasidir. 
S. Fisher: “Inson kapitali insonda mujassamlashgan daromad keltirish 
qobiliyati mezonidir. Inson kapitali tug‘ma qobiliyat va iste’dod, shuningdek 
olingan ta’lim va malakadan iborat”
14
deb ko‘rsatgan.
Ayrim olimlar inson kapitali tarkibiga uning egasining ishlab chiqarish 
jarayonida ishtirok etish imkoni nuqtai nazaridan yondashadilar. Jumladan O. 
Nordxog quyidigilarni ta’kidlaydi: “Tahlil etish nuqtai nazaridan, bir tarafdan, 
xodimlarning solig‘i va malakasini, ikkinchi tomondan, ularning motivatsiyasi va 
firmaga sodiqligini farqlash foydalidir. Dastlabki ikki unsur alohida bir xodimning 
12
Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды по экономической теории / 
Пер. с англ., сост., научн. ред., послес. КапелнюшниковР.И. –М.: ГУВШЭ, 2003.- С.121.
13
Ben-Porath. The Production of Human Capital and the Life Cycle of Earnings. – N.Y.; -L, 1970.- P.49. 
14
Фишер С.,Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономическая теория. — М., Юнити, 2002. - С. 21. 


topshiriqni bajarish, ya’ni mehnat qilish bo‘yicha asosiy qobiliyatini tashkil etadi. 
Inson kapitalining keyingi ikki unsuri esa mazkur xodim o‘z malakasiga ko‘ra, ishda 
qanday faoliyat olib borishini aks ettiradi. Qobiliyat va xohish birgalikda mazkur 
xodimning mehnatga qobiliyatini shakllantiradi”
15

I.V. Ilinskiy inson kapitali ta’lim kapitali, sog‘liq kapitali va madaniyat 
kapitalida iborat deb hisoblaydi
16

Inson kapitali tarkibini kengroq tahlil etish uchun funksiyaviy yondashuv 
prinsipini hisobga olish lozim. Funksiyaviy yonaoshuvning metodologik prinsipi 
hodisani faqat uning ichki tarkibi bo‘yicha emas, balki uning funksiyaviy maqsadi, 
pirovard foydalanish maqsadi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishni talab etadi. 
Rossiyalik iqtisodchi S.A. Dyatlov ushbu prinsip bo‘yicha inson kapitali 
investitsiyalar natijasida shakllantirilgan va inson tomonidan jamlangan sog‘lik, 
bilimlar, ko‘nikmalar, qobiliyat, motivatsiyaning muayyan zahirasidir degan fikrni 
bildiradi. Bu zahira ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga 
muvofiq foydalanar ekan, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishga yordam beradi, bu bilan mazkur insonning ish haqi (daromadi) 
ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi
17

V.T. Smirnov va I.V. Skoblyakova esa inson kapitalini alohida inson, alohida 
korxona yoki korxonalar guruhi darajasida baholash lozimligini ko‘rsatadilar
18

Inson kapitalini tahlil etish va ular turlariga turlicha yondashuvlarni 
umumlashtirish bu iqtisodiy kategoriyani 2.7-rasmda aks ettirilgandek tassavur etish 
imkonini beradi: 
1. 
Madaniy-ahloqiy kapital.
Xodimning obro‘si, firmaning nufuzi ishlab 
chiqarish ko‘rsatkichlari kabi juda muhimdir. Ma’suliyat, halollik, va’daning 
ustidan chiqish amaliy munosabatlarda nihoyatda qadrlanadi. Sotsiologiya fanlari 
doirasida madaniy-ahloqiy kapital intellektual qobiliyat, bilim, maxorat, 
ko‘nikmalar, ahloqiy sifatlar, malaka jamlanmasini ifoda etadi. 
2. 
Salomatlik (biofizik) kapitali
. Jismoniy kuch, chidamlilik, ishchanlik, mehnat 
faoliyatining davomiyligi har bir inson uchun har qanday ishlab chiqarish faoliyatida 
juda muhimdir. Salomatlik kapitali inson kapitalining ajralmas qismi bo‘lib, unga 
investitsiyalar kiritish xodimlar kasallanishining kamayishi hisobiga mehnat 
qobiliyatini saqlab qolishda o‘z ifodasini topadi. 
 
15
Nordhoug O. Human Capital in Organizations: Competence, Training and Learning. – Oslo.: Scandinavian 
University Press, 1993. - P.52.
16
Ильинский И.В. Инвестиции в будущее: образование в инвестиционном воспроизводстве. –СПб.: СПбУЭФ, 
1996. - С.127. 
17
Дятлов С.А. Теория человеческого капитала: Учебное пособие. – СПб.: СПбУЭФ, 1996. - С.72. 
18
Смирнов В.Т., Скоблякова И.В. Классификация и виды человеческого капитала в инновационной 
экономике. –СПб.: Проспект, 2001.- С.2003. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin