5.
Valyutalar kursi va uning so’mga nisbatan belgilanishi
Valyuta kursi
— bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul
birligida ifodalangan narxi. Valyuta kursining qatʼiy qayd etilgan va oʻzgarib
turadigan (valyuta bozorida u yoki bu valyutaga talab yoki taklifga qarab) turlari
mavjud. Valyuta kursi mamlakatlar valyutasining harid kobiliyati, shuningdek
xalqaro toʻlov vositalari (masalan, SDR, yevro) bilan oʻzaro munosabat va boshqa
omillar (tovarlar narxini milliy valyutada taqqoslash) asosida belgilanadi. Ularning
harid qobiliyatining oʻzgarishi bilan (inflyatsiya darajasi, toʻlov balanslari holati,
turli mamlakatlarda turlicha foiz stavkalarining oʻrnatilishi, jahon valyuta
bozoriaya mazkur valyutaga ishonch darajasi, shuningdek boshka siyosiy sabablar
taʼsirida) valyuta kursi ham oʻzgarib turadi. Markaziy emissiya banki belgilaydigan
33
rasmiy Valyuta kursini hukumat belgilaydigan yoki valyuta bozorida vujudga
keladigan erkin valyuta kursidan farqlamoq kerak. Bundan tashqari valyuta kursi
milliy pul birligining boshqa davlat valyutasi yoki xalqaro hamda mintaqaviy
valyutalar bilan oʻzaro rasmiy oʻrnatilgan munosabatlar boʻyicha („suzib
yuruvchi“, „sirgʻaluvchan“ kurs) belgilanishi ham mumkin (Yevropa valyuta
ittifoqida kurslarning tebranishi Q 2,25 % doirasida chegaralangan).
Valyuta savdosi amaliyotida valyuta yuqoriroq kurs boʻyicha sotiladi
(sotuvchi kursi), harid qilishda esa pastroq (haridor kursi) kursdan foydalaniladi.
Valyuta kursi ikki darajasi oʻrtasidagi farqdan bankning valyuta savdosidan
oladigan daromadi kelib chiqadi. Valyuta kursini rasmiy koʻtarish (revalvatsiya)
mamlakatni
kapitalni
chetga
chikarishdan
manfaatdor
qiladi,
importni
qulaylashtiradi, chunki chet el valyutasini arzonroq harid qilishga imkoniyat
tugʻiladi. Valyuta kursini rasmiy pasaytirish (devalvatsiya) mamlakat savdo va
toʻlov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi bilan
bogʻliq holda yuzaga keladi. Chet el valyutasi kursining birjadagi maxsus idora
tomonidan belgilanishi va maxsus byulletenlarda nashr etilishi valyuta kotirovkasi
deyiladi. Bunday byulleten maʼlumotlari matbuotda ham chop etib boriladi.
Oʻzbekiston Markaziy banki davriy ravishda har haftada buxgalteriya hisobi va
bojxona toʻlovlari uchun pul massasi va inflyatsiya dinamikasini hisobga olgan
holda xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan kurslarini matbuotda eʼlon qilib
boradi.
|