3
operatsiyalarining
erkinligi vujudga kelib, bu sohada bozor raqobati qo’llab-
quvvatlanadi.
Ammo har doim davlat valyuta munosabatlari ustidan nazorat qilish va
tartibga solish maqsadida o’z valyuta nazoratini saqlab qoladi.
Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish maqsadida valyuta kursining
o’zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini qo’llash orqali so’mning AQSh
dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko’rildi.
Natijada 2019 yil davomida so’mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash
kursi 16
foizga pasayib, 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, bir AQSh
dollari 10300 so’mni tashkil qildi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish tizimida muhim o’rinni
valyuta siyosati
egallaydi. Valyuta siyosati – mamlakatning joriy strategik maqsadlarga muvofiq
xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlar sohasida
amalga oshiriladigan
chora tadbirlar majmuasidir. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga
erishishga
qaratilgan, ya’ni iqtisodiyot o’sishining barqarorligi,
inflyatsiya va
ishsizlikning o’sishini to’xtatish, to’lov balansining tengligini ushlab turish va
boshqalarni ta’minlashga qaratilgandir.Valyuta siyosatining yo’nalishi va shakllari
mamlakatning valyuta bo’yicha
iqtisodiy vaziyati, jahon xo’jaligi evalyutsiyasi,
jahonda ishlab chiqarish kuchlari joylashtirilishiga ko’ra aniqlanadi.
Har xil
taraqqiyot osqichlarda birinchi o’rinda valyuta siyosatining aniq maqsad va
masalalari chiqadi.
Dostları ilə paylaş: