10
Ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga bo‘lgan
talabning o‘zgarish dinamikasi (mln. AQSH doll.) 3-rasm.
Chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi
Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar
Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab 2020
yilning
dastlabki 6 oyligida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sib, 6,5 mlrd.
AQSH dollarini tashkil etdi (2019 yil yanvar-iyun oylari - 6,1 mlrd. AQSH doll.).
Mazkur davrda, birjadan tashqari valyuta bozorida xo‘jalik sub’ektlari
tomonidan 1,6 mlrd. AQSH dollari miqdorida chet el valyutasi sotib olinib, valyuta
birjasidagi operatsiyalar hajmi esa 4,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
2020 yil yanvar-iyun oylarida birjadan
tashqari valyuta bozoridagi
11
operatsiyalar hajmi dinamikasi (banklarning yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri operatsiyalari) (mln. AQSH doll.)
Valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish
maqsadlari tarkibida asosiy
ulush (63 foiz) ishlab chiqarish
uchun asbob-uskunalar,
tovarlar va xomashyo
importi, 21 foizi – xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 13
foizi – xorijiy kreditlarni so‘ndirish, qolgan 3 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid
qilingan.
2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida chet el valyutasini sotib olish
maqsadlari tarkibi (foizlarda)
4-rasm.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozorida chet el valyutasini
xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning oylik o‘rtacha soni 6253 tani tashkil
etib, o‘tgan yilning mos davriga nisabatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi (6153).
Dostları ilə paylaş: