12
2.
Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar
Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan
valyuta ayirboshlash
shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd. AQSH dollarini
tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar (797 mln. AQSH
dollariga) oshdi.
Shu
bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 1,7 mlrd. AQSH dollari sotib
olinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos nisbatan 3,1 barobar o‘sdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida xalqaro pul o‘tkazmalari
orqali
respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 2,4 mlrd. AQSH dollarini
tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 160 mln. AQSH
dollariga
kamaydi. Bunda joriy yilning iyun oyida pul o‘tkazmalari hajmi may oyiga
nisbatan 27 foizga o‘sib, 621 mln. AQSH dollarni tashkil etdi.
2020 yil yanvar-iyun oylarida jismoniy
shaxslar tomonidan amalga
oshirilgan operatsiyalar hajmi (mln. AQSH doll.)
5-rasm. Chet el valyutasi taklifi
2020 yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi
umumiy taklif hajmi (Markaziy bank intervensiyalarini hisobga olmagan holda) 4,3
mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4
foizga
kamaydi.Hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2,7
mlrd. AQSH dollari sotilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga
nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi (2,8 mlrd. AQSH dollari).
13
6-rasm. Ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari ulushi (foizlarda)
Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta
zahiralarining
neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirildi.
Joriy yil boshidan Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 2,2
mlrd. AQSH dollari hajmida intervensiya amalga oshirilib,
mazkur davrda
mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: