3.
O’ zbekistonda valyuta siyosatining asosiy yo’ nalishlari
Fan-texnika taraqqiyotining o’ ziga xosligi, ixtisoslashuv va u bilan bog’ liq
xalqaro mehnat taqsimoti haqida milliy ishlab chiqarishlar kooperatsiyaning
yanada chuqurlashuvini talab qilmoqda. Buning oqibatida esa xalqaro savdo
rivojlanib, davlatlar o’ rtasida kredit-moliya, valyuta munosabatlari yanada
takomillashmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, keyingi yillarda tovarlar
eksportining sur’atlari sanoat ishlab chiqarish sur’atlariga nisbatan sezilarli
ravishda o’ sgan.
Ustuvor yo’ nalishlar eksportga yo’ naltirilgan va asosiy tarmoqlarga, kichik
va xususiy, tadbirkorlikni qo’ llab-quvvatlashga, xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishga qaratilgan tuzilmasi qayta o’ zgarishlar va iqtisodiyotning real sektorini
rivojlantirish, respublikada o’ tkazilayotgan islohotlarning asosiy tarkibiy qismi
bo’ lib qoldi. Tanlangan ustuvor yo’ nalishlarning to’ g’ riligi shu bilan
tasdiqlandiki, jahon bozorlarini qamrab olgan salbiy jarayonlardan saqlangan holda
ichki moliya bozorini har qanday ta’sirlardan saqlab qolishga muvaffaq bo’ lindi.
20
1999-yilda O’ zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pulkredit siyosati
valyutaning barqarorligini saqlagan holda, uning mavjud o’ sish yo’ nalishini
mustahkamlashga, joriy xalqaro operatsiyalar bo’ yicha uning konvertatsiyalashi
uchun zarur sharoitlarni yaratishga va valyuta zaxiralaridan ishlab chiqarishning
ustuvor yo’ nalishlarida samarali foydalanishga yo’ naltirilgan edi.
Valyuta siyosatining ikkita asosiy, o’ zaro qarama-qarshi omillari mavjud,
ya’ni valyuta kursidan moliyaviy barqarorlashtirish quroli sifatida foydalanish
lozim. Birinchi holatda valyuta kursi barqaror va qaysidir ma’noda bahosi ko’
tarilgan bo’ lishi (bu narsa baholar o’ sib ketishining oldini oladi) kerak.
Ikkinchi holatda esa u ancha qayishqoq va bahosi pasaytirilgan bo’ lishi
(eksportni rag’ batlantirish maqsadida) lozim. valyuta siyosatining muhim yo’
nalishlaridan biri valyuta rejimlari sanaladi. valyuta rejimlari, ma’lumki,
ayirboshlash kursi belgilangan yoki erkin suzuvchi kurslardan iborat bo’ lishi
mumkin. Bundan tashqari, «boshqariladigan suzuvchi» deb ataladigan kurs ham
mavjud. Birinchi holda milliy valyutaning nominal kursi qandaydir barqaror
valyutaga nisbatan belgilanadi (masalan, AQSH dollariga). Markaziy bank esa bu
darajani valyuta intervensiyalari orqali ushlab turadi. Bunday rejimni inflyatsiyani
kamaytirish va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun qo’ llash maqsadga
muvofiq.
Biroq o’ rta muddatli davrda barqaror valyutaga ega bo’ lgan mamlakatda
inflyatsiyaning nisbatan yuqori sur’atlari saqlanib turgan bo’ lsa, unda bu rejim real
ayirboshlash kursining oshishiga va eksportning destimulatsiyalashishiga olib
keladi. Chunki milliy valyutaning real kursi pasayib ketadi. Bunday holda
spekulyativ hujumlarga duchor bo’ lish ehtimoli paydo bo’ ladi. Agar valyuta
bozori ishtirokchilari kelajakda kursning devalvatsiyalanishini kutishayotgan bo’
lsa, «erkin suzish» rejimida, ya’ni Markaziy bank valyuta bozori faoliyatiga
aralashmagan taqdirda va ayirboshlash kursi talab va taklif asosida belgilanayotgan
holatda kursning aytib bo’ lmaydigan keskin tebranishlari oqibatida milliy
iqtisodiyotning va tashqi savdoning izdan chiqish xavfi paydo bo’ ladi.
21
Valyuta siyosatining yana bir yo’ nalishi – bu valyuta ayirboshlash kursidir.
Odatda, iqtisodiyotda bundan qisqa muddatli davrda inflyatsiya bilan kurashish
vositasi sifatida foydalanish mumkin. Biroq bunday valyuta rejimini joriy etish
uchun quyidagilarni nazarda tutish kerak: talabda sakrashlar yuzaga kelganda
valyuta intervensiyasi orqali kursning kerakli darajasini tutib turish imkonini
beradigan yetarli miqdordagi oltin- valyuta zaxiralarining mavjudligi: qat’iy
monetar va fiskal siyosatning o’ tkazilishi.
Agar bu shartlardan birortasi bajarilmaydigan bo’ lsa, unda belgilanadigan
ayirboshlash kursini joriy qilish mutlaqo mumkin emas.
Moliyaviy barqarorlikka erishilgach va inflyatsiya darajasi yiliga 10-15
foizgacha pasaysa, «boshqariladigan suzuvchi» rejim eng maqbul rejim bo’ lib
qoladi. Chunki u eksportni rag’ batlantirish vazifasini hal qilishga imkon yaratadi.
So’ m nominal kursining sirg’ aluvchi pasayishi sharoitida « valyuta yo’ lagi»ni
belgilash, baholar barqarorligi va ularning oldindan bashorat qilinishini
ta’minlashga imkon yaratadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, milliy valyutaning
konvertatsiyalanishiga erishish – monetar, fiskal va tashqi savdo siyosatlari
sohalarida qator o’ zaro bog’ liq choratadbirlar majmuasini talab qiluvchi juda
murakkab jarayondir. Konvertatsiya tovarlar, xizmatlar va moliya aktivlari
oqimlarining xalqaro harakati bilan chambarchas bog’ liq. Konvertatsiyalashni
joriy qilish tashqi savdoga va sarmoyalar harakatiga bo’ lgan cheklovlarni olishga
teng bo’ lgan natijani beradi. Konvertatsiyalashga bo’ lgan cheklovlarni olib
tashlash iqtisodiyot uchun qator afzalliklarni ta’minlaydi, biroq buning uchun
ma’lum bir to’ lov to’ lash kerak bo’ ladi, u esa erkinlashtirishning tezligiga
bevosita bog’ liq.
2003-yil oktabr oyida milliy valyutani konvertatsiya qilish bo’ yicha XVF
talablari asosida XIII bandning imzolanishi mamlakat valyuta siyosatida muhim o’
zgarishlarga olib keluvchi qadam bo’ ldi. Bu konvertatsiyalash barcha iqtisodiy
agentlarga xorijiy valyuta rejimini qabul qilishni anglatadi.
22
Milliy valyutaning konvertatsiyalanishiga erishishning boshlang’ ich
bosqichida quyidagilarni ta’minlash lozim:
–
to’ lov balansining muvozanatiga zid kelmaydigan ayir-boshlash kursini
belgilash;
–
yaqin istiqbolda to’ lov balansida keskin buzilishlar ro’ yberib qolganda
xalqaro likvidlik (xorijiy valyutalarning zaxirasi, xorijiy valyuta qarzlariga bo’
lgan yo’ lning ochiqligi ) yetarli bo’ lishi zarur.
Xorijiy valyuta zaxiralari o’ lchamlarining ko’ rsatkichlaridan biri sifatida
ko’ pincha oylarning soni qo’ llaniladi (qoidaga ko’ ra ikkitadan kam bo’ lmasligi
lozim), ya’ni mana shu oylar ichida mamlakatga zarur bo’ lgan barcha import
uchun to’ lov to’ lash imkoniyati mavjud bo’ ladi.
O’ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001yil 22-iyundagi
263-sonli « valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’ g’ risida» gi
va 2001-yil 10-iyuldagi 294sonli «Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari to’ g’ risida»gi qarorlari mamlakatimiz moliya
tizimini shakllantirishda muhim o’ rin tutadi. Mazkur qarorlar valyuta bozoridagi
o’ zgarishlarni tezlashtirib, iqtisodiyotimizning jahon kapital bozoriga chiqishiga
ko’ maklashadi.
Oliy
Majlisning
2003-yil
dekabrdagi
sessiyasida
O’zbekiston
Respublikasining « valyutani tartibga solish to’ g’ risida»gi qonun loyihasi yangi
tahrirda ko’ rib chiqilishi ham hukumat valyuta siyosatining muhim tarkibiy qismi
hisoblanishini tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qator qarorlar,
xo’ jalik subyektlarining valyuta bozoridagi faoliyatlarini ancha kengaytirib, chet
el valyutasini sotib olish tartibini soddalashtirmoqda.
O’zbekistonda valyuta bozorini o’ z vaqtida erkinlashtirish iqtisodiyotni
yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001yil 10-iyuldagi 294-
sonli «Birjasidan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi qaroriga muvofiq qarzga olingan mablag’lar hisobidan
23
konvertatsiyani amalga oshirish taqiqlanadi. Kreditga olingan mablag’ larga chet el
valyutasini sotib olish bozorda chet el valyutasiga bo’ lgan talabni sun’iy ravishda
oshiradi. Bu esa milliy valyuta barqarorligini izdan chiqaradi. Respublika hukumati
va Markaziy bank milliy valyuta barqarorlashuvidan manfaatdordir. Bu esa, o’z
navbatida, makroiqtisodiy barqarorlikni kafolatlaydi.
Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar ijobiy natija berishi kerak.
Birinchidan, mahsulot eksport qiluvchilarning moddiy manfaatdorligi oshadi
va buning natijasida eksportning umumiy hajmi ortadi.
Ikkinchidan, mamlakatimizda yanada qulay investitsiya iqlimi yaratiladi,
xorijiy va ichki investorlarning eksportga yo’ naltirilgan ishlab chiqarishga
investitsiya kiritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Uchinchidan, iqtisodiyotning boshqa sohalarida o’ tkaziladigan islohotlarni
tezlashtirish imkoniyatlari yaxshilanadi.
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, albatta, moliya tizimi va valyuta bozorini
yanada erkinlashtirishni talab qiladi. Shu sababli, birjadan tashqari valyuta
bozorida operatsiyalar hajmini kengaytirish zarurati paydo bo’ ldi.
Hozirgi paytda birjadan tashqari valyuta bozori banklararo valyuta bozorini,
vakil banklar bilan ularning mijozlari o’ rtasidagi operatsiyalarni, shuningdek,
valyuta almashtirish punktlari orqali naqd pul, chet el valyutasini sotib olish va
sotish operatsiyalarini o’ z ichiga oladi.
Hozirgi kunda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish maqsadida birjadan
tashqari, valyuta bozorini kengaytirish, keyinchalik talab va taklif asosida
ayirboshlash kursini shakllantirish to’ g’ risida muhim hukumat qarorlari qabul
qilindi. valyuta bozorida faoliyat yuritayotgan barcha xo’ jalik subyektlari uchun
teng sharoitlar yaratish, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasidan
foydalanishlari to’ g’ risida qarorlar qabul qilishlari uchun tijorat banklariga
vakolatlar berish:
24
Respublika ichki valyuta bozorini valyuta operatsiyalari talab va taklif
asosida yuzaga keladigan ayirboshlash kursi bo’ yicha amalga oshiriladigan real
bozorga aylantirishga o’ tilmoqda.
Valyuta operatsiyalari bozori qatnashchilariga aylanishni istagan mahalliy
tijorat banklari, avvalo, o’ zlarini yaxshi mijozlar bilan ta’minlashi kerak. Banklar
uchun xorijiy valyuta bilan savdo qiladigan zarur tashkiliy tuzilma-diling bo’
limini tashkil etish ham juda muhim. U front-ofis (mijozlar bilan ishlash), bekofis
(ma’muriyat) va buxgalteriyaga bo’ linishi kerak. Bu vazifalarni aniq taqsimlash
imkonini beradi. valyuta operatsiyalari bitimini tuzishni tashkil etish va uning
texnologiyasiga yetarli e’tibor berish kerak.
Hozirgi zamon valyuta dilingini kompyuter va telekommunikatsiya
texnikasiz, maxsus uskunalar va axborot agentliklarisiz tasavvur etib bo’ lmaydi.
Bank uchun o’ z mablag’ lari hisobidan xorijiy valyutani sotib olish va
sotishdan maqsad valyuta kurslari o’ zgarishidan foyda olishdir.
Valyuta va foiz bitimlarida banklararo vositachilikni ko’ pincha brokerlik
idoralari o’ z zimmalariga oladilar. Banklar bilan brokerlar hamkorligining
afzalligi ular telefon yoki boshqa kommunikatsiya vositalari orqali doimiy aloqada
bo’ lishidadir. Broker bilan hamkorlik qiluvchi banklar unga valyutani sotib olish
va sotish haqida topshiriqlar beradi va kurslarni belgilaydi. Shu tariqa tez bitimlar
tuzish uchun real imkoniyatga ega bo’ ladi.
Hozirgi O’zbekistonda xorijiy valyuta bilan savdo qilishning asosiy qismi
birmuncha barqaror moliyaviy munosabatlar tarkib topgan eng yirik banklar qo’
lida jamlangan. Ular tashqi iqtisodiy munosabatlarga xizmat ko’ rsatish bilan bog’
liq operatsiyalar va ichki valyuta operatsiyalarining aksariyat qismini amalga
oshirmoqda. Yirik bo’ lmagan tijorat banklari xalqaro operatsiyalarni yoki xorijiy
vakil banklar bilan yirik banklarning O’zbekistondagi vakillik hisobvaraqlari orqali
olib boradilar. Ularning ayrimlari esa valyuta operatsiyalarini o’ zlashtirishda
dastlabki qadamlarni tashlamoqda.
25
Yuqorida aytib o’ tilgan chora-tadbirlar asosan birjadan tashqari valyuta
bozorining qatnashchilari bo’ lgan xo’ jalik subyektlari uchun qulay shart-
sharoitlar yaratishi lozim.
Hukumat qabul qilgan qarorlarga muvofiq
korxona va tashkilotlarga chet el valyutasi sotib
olish tartibi ancha soddalashtirilgan, ya’ni
korxona
va
tashkilotlar
ularga
xizmat
ko’rsatuvchi
vakil
banklarga
o’zlarining
so’mdagi mablag’ larini chet el valyutasiga
ayirboshlash xususida talabnoma topshiradilar.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, vakil banklar banklararo savdo sessiyalarida
talab va taklifga ko’ ra yuzaga keladigan erkin kursga asoslanib, ayirboshlash
shoxobchalarida chet el valyutasini sotib olish va sotish kursini belgilaydi.
Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarning quyidagi turlari amalga
oshiriladi:
–
eksportchilarning valyuta tushumini majburiy ravishda so-tishlari;
–
uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo materiallar vaxizmatlar importi
uchun chet el valyutasi sotib olish;
–
jalb qilinadigan chet el kreditlariga xizmat ko’ rsatish bo’ yichahisob-
kitoblar;
–
chet ellik kreditorlar bilan hisob-kitoblar;
–
chet ellik investorlar bilan oladigan foyda, dividendlar vaboshqa
daromadlarni repatriatsiyalash uchun chet el valyutasini sotib olish.
Birlashgan barqarorlashtirish jamg’ armasi mablag’ larini shakllantirish va
ulardan foydalanishga oid operatsiyalar:
–
xizmat safarlari xarajatlarini to’ lash uchun chet el valyuta-sini sotib olish va
boshqa operatsiyalar.
Jamg’ arma mablag’ laridan birjadan tashqari valyuta bozorida valyuta
ayirboshlash kursining ehtimoly oshishi uchun foydalanish mumkin. Jamg’ arma
valyuta bozoridagi ehtimoliy salbiy holatlar ro’ y berishidan himoyani ta’minlashi
26
lozim. Banklararo savdo sessiyalarida birjadan tashqari valyuta bozoridagi kurslar
shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |