32
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish jarayonida samarali pul-kredit
siyosatini amalga oshirish, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirini
cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi.
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati
instrumentlari
samaradorligiga
hamda
uning
transmission
mexanizmini
ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq
o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq.
Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-
kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning
ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni
bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor
ravishda e’tibor qaratiladi.
Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini
takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga
qo‘yilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari,
valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: