Bular:
- valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash;
- valyuta cheklashlar;
- valyutani erkin ayirboshlashga o’tish;
- valyuta operatsiyalarini erkinligi va boshqalardir.
Hukumatning valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi.
Bu qonunchilik o’z ichiga mamlakat ichida va tashqarisida valyuta
qiymatliklari bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar majmuasi,
4
shuningdek, valyuta muammolari bo’yicha davlatlararo kelishuvlari (ikki
tomonlama va ko’p tomonlamasiga bo’lish mumkin)ni oladi.
Valyuta siyosatini amalga oshirish yo’nalishlaridan biri bu valyutani tartibga
solishdir. Valyutani tartibga solish – bu valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni davlat tomonidan aniq belgilab berishdir. Bu o’z
navbatida, milliy, davlatlararo va xududiy darajada bajarilishi mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:
Maskur
kurs ishim kirish asosiy qism
asosiy qism esa beshta rejadan tashkil topgan bo’lib hamda xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan.
5
1.
O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash va xorijiy valyutaga
bo’lgan talab
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid
quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa
hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur
ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda
milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib, maxsulot sifatini yaxshilab
borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning
umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni
ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning
barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini
sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib
boriladi.
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin
almashtirilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda
korxonalar va barcha sub’ektlarning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot
ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish
alohida ahamiyatga ega. Jumladan, keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida
ro’y berayotgan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar bu borada qulay imkoniyatlarni
vujudga keltirmoqda. Xususan, 2007 yilda eksport hajmining o’sish sur’ati 40,7
foizga ortib, importga nisbatan sezilarli darajada bo’ldi. Natijada, tashqi savdo
aylanmasida 3,5 mlrd. dollardan ortiq miqdorda ijobiy saldoga erishilib, oltin-
valyuta zaxiralarini 1,5 barobar ko’paytirish imkonini berdi.
Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani
mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya
darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish
darajasi ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar
qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda
maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
6
Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o’sishini tovarlar va
xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borishga
qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli z
holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj
olib ketishiga, oxir oqibatdada inqirozlarga sabab bo’ladi. Pul miqdori bilan birga
narxlarning ham tobora o’sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan
giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida, milliy ishlab chiqarishning
izidan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashuvi va butun ijtimoiy
tizimning barbod bo’lishi xavfini tug’diradi.
So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga,
aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali
ahamiyatga ega.
Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida qaytarilishiga
erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan korxonalarga
kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak.
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining
barqarorlashuviga
erishishdir.
Bu
o’z
navbatida
import
narxlarning
barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o’zgaradi.
Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va
taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi
barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir.
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki
bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik
berishidir. Bu borada 2007 yilda xo’jalik sub’ektlari va aholining bank
xizmatlaridan foydalanishini qulaylashtirish, ayni paytda naqd pulsiz aylanma
miqyosini kengaytirish maqsadidagi chora-tadbirlar davom ettirildi. Xususan,
muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 500 mingtaga, xizmat
ko’rsatuvchi terminallar soni esa 3,5 mingtaga oshirildi.
7
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining
barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
1. Pulning iqtisodiyotda o’z vazifalarini bajarish jarayonida to’xtovsiz
harakatda bo’lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo’ldan qo’lga
o’tib, aylanib turishi pul muomalasi deyiladi.
2. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy
ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul
birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi
qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy
tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi
davlat idoralari.
3. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd
pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi.
Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda
pul agregati deb yuritiladi.
4. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori muayyan davr
davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi, pul birligining
aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog’liq bo’ladi.
5. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib,
u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog’oz pul birliklarining
qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o’sishida
ifodalanadi.
6. Kelib chiqish sabablariga ko’ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi
farqlanadi.
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to’liq
foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi
natijasida kelib chiqadi.
8
Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan
xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi.
Shuningdek, o’sish sur’atiga ko’ra inflyatsiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va
giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan
inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.
7.
Kredit bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va
ularni pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish
va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish
shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya
ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab
chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari;
korxonalar foydasi; bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa
ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining bo’sh pul mablag’laridan
iborat.
8. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini
tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit
munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o’z ichiga olib, kredit
muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib,
o’z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan
shaxobchalarini oladi.
1-rasm.
|