Volume–28_Issue-1_May_2023 226 guruhlashtirilgan. Bundan tashqari, pul mablag‘lari oqimini chizma ko‘rinishida
tasvirlash mumkin.
Pul mablag‘larining kelib tushishi (kirimi). Haridorlardan olingan pullar (kirim),
hisobot davrida korxonaning bank schotlariga, yoki veksel ko‘rinishida yuklab
jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan
mablag‘lar summasini ko‘rsatadi. Ushbu summani 4-shakl "Pul mablag‘lari
to‘g‘risidagi hisobot" moliyaviy hisobotidan (quyida 4-Sh) va 1-sh shakli statistika
hisobotidan olish mumkin. Boshqa pul tushumlari va royaltidan, turli ko‘rinishdagi
mukofotlar, komission yig‘imlardan olingan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari
summasini ko‘rsatadi. Korxonaning boshqaruv rahbariyati uchun bu hisobot
korxonaning qisqa muddatli kreditorlik qarzlarini uzishga mavjud mablag‘ni yetarli
yoki yetishmasliligi, hissadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdorini ko‘paytirish
yoki kamaytirish hamda korxonani investitsiya va moliya masalalari bo‘yicha siyosat
kabi masalalarni hal etish zarurdir.
Xulosa Operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari kirimi va chiqimida: hisobot davrida
sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lar uchun korxonaning bank hisobvaraqlari va
kassasiga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi; mahsulot yetkazib beruvchilarga
materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari summasi;
xodimlarga mehnatga haq to‘lash ko‘rinishida to‘langan pul mablag‘lari summasi,
shuningdek‚ davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘langan mablag‘lar summalari,
budjetga jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lash, kasaba uyushmasiga ajratmalar,
alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari bo‘yicha to‘lash,
xodimlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq to‘lashi, kassadan va
bank hisobvaraqlaridan xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga doir boshqa
sarflar; operatsion faoliyatga doir boshqa pul tushumlari va chiqimlari (royalti, turli xil
taqdirlashlar, komission yig‘imlar va boshqa operatsion faoliyatdan to‘langan pul
mablag‘lari kirimi va chiqimi); operatsion faoliyatning sof pul kirimi yoki chiqimi aks
yetadi. Investitsion faoliyatdan pul mablag‘lari kirimi va chiqimida: asosiy vositalarni
xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari
summalari, asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag‘lar summalari;
nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchiga to‘langan pul
mablag‘lari, nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag‘lar summalari;
qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun to‘langan
pul mablag‘lari summasi, shu jumladan vositachilarga komission taqdirlashlar va
birjada to‘langan foizlar, qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini
sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi; boshqa investitsion
faoliyatga oid to‘langan pul mablag‘lari kirim va chiqimi; investitsion faoliyatning sof
pul kirimi yoki chiqimi aks etadi. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining kirimi va