Volume–28_Issue-1_May_2023 222 operatsiyalaridan tushgan valyuta tushumlaridan 15 foizini sotishlari majburiydir.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar eksport
operatsiyalaridan tushgan tushumlarning 15 foizini valyuta bozorida sotishlari zarur.
Korxonaning valyuta schoti ochilgan tijorat banki kelib tushgan valyutaning yuqorida
ta’kidlangan 15 foizini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ko‘rschotiga
o‘tkazib berishi kerak. Valyuta muomalalaridagi ushbu xususiyat tranzit valyuta
schotida kelib tushgan valyutalar hisobini aks ettirishga bevosita ta’sir qiladi.
Valyutani majburiy sotish to‘g‘risidagi topshiriqqa sotilgan valyutaning so‘mdagi
ekvivalentini qoplash va uni korxonalarning hisob-kitob schotiga o‘tkazishni
ta’minlovchi to‘lov topshirig‘i ilova qilinadi. Shunday qilib, chet el valyutasidagi
barcha tushumlar 2 qismdan iborat bo‘ladi: chet el valyutasining 85 foizini joriy
valyuta schotiga, qolgan 15 foizini esa bankdagi hisob-kitob schotiga so‘mdagi
ekvivalenti bo‘yicha o‘tkazib beriladi.
So‘mdagi ekvivalent bu - O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan
kurslar bo‘yicha chet el valyutasini qayta hisoblashdir. Bunday katta hisoblash har
haftada bir marta O‘zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan kurslar bo‘yicha amalga
oshiriladi. Valyuta muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritish uchun 52 "Valyuta
schoti"da quyidagi subschotlarni ochish mumkin:
1.
"Tranzit valyuta schoti"
2.
"Joriy valyuta schoti"
3.
"Cheteldagi valyuta schoti".
Korxona o‘zining valyuta mablag‘larini nafaqat majburiy balki o‘z xohishi bilan
ham sotishi mumkin. Ushbu muomalalar korxonaning valyuta schoti ochilgan bank
orqali amalga oshiriladi va ularning buxgalteriya hisobi 48 "Boshqa aktivlarni sotish"
schoti orqali amalga oshiriladi. Korxona ixtiyorida qolgan valyutalarni o‘z xohishi
bilan sotganda ham yuqoridagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
Chet el valyutasini sotishga doir xo‘jalik muomalalalrini buxgalteriya hisobida
aks ettirilishining mazmunini ko‘rib chiqsak:
1.
Chet ellik xaridor korxonaning tranzit valyuta schotiga tovar (ish, xizmat)
kiymatini o‘tkazib beradi.
2.
Tranzit valyuta schotidan majburiy sotishga tegishli 30% valyutani o‘tkazib
berdi. Ammo bu bankdan tegishli hujjatlar olgunga kadar 57 "Yildagi o‘tkazishlar"
schotida hisobga olinadi.
3.
Sotilgan valyutaning tranzit valyuta schotidagi kiymati 48 "Boshqa aktivlarni
sotish" schotining debetiga o‘tkaziladi.
4.
Sotilgan valyutaning so‘mdagi ekvivalenti bankdagi 51 "Hisob-kitob" schotiga
kelib tushadi.
5.
Valyutaning ijobiy kursdagi farqi foyda sifatida 80/4 "Moliyaviy faoliyatdan
kurilgan foyda va zararlar" schotida aks ettiriladi.