Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 393,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix16.12.2023
ölçüsü393,74 Kb.
#183894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
217-227

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–28_Issue-1_May_2023 
218 
bilan ta’imnlanishi zarur. Buning uchun esa pul mablag‘lari hisobining oldida quyidagi 
asosiy vazifalar turadi: 
-
korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar 
bilan ta’minlash; 
-
to‘lov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me’yoriy 
hujjatlarda ko‘rsatilgan tartiblarga rioya qilgan holda o‘z vaqtida amalga oshirish; 
-
hisob registrlarida pul mablag‘larini naqdligi va harakatlarini o‘z vaqtida aks 
ettirish, chunki pul mablag‘larining harakati korxonaning faollik darajasining asosiy 
ko‘rsatkichlaridan biridir. 
-
pul mablag‘larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga 
amal qilishini nazorat kilish; 
-
pul mablag‘larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda o‘tkazishini 
ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblar, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini 
to‘lanishini nazorat qilish; 
-
kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schotlarda saqlanayotgan 
pul mablag‘larining saqlanishining nazoratini ta’minlash; 
-
pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va optimizatsiya qilish bo‘yicha 
tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish. 
Ushbu masalalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning pul mablag‘laridan 
samarali foydalanishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini 
yaratadi. Albatta, yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun pul mablag‘larining 
buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish zarur bo‘ladi. Buning uchun esa 
korxonalarda mavjud mablag‘larni turkumlash alohida ahamiyatga egadir. 
Korxonalarga pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritish ko‘p jihatdan 
ularning 
turkumlanishi
ga bog‘lik. Chunki pul mablag‘larini manbalardan kelib 
tushishi va qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini tahlil qilish asosida ulardan 
samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin. 
Hozir amaliyotda pul mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi va ular buxgalteriya 
hisobini yuritishda foydalaniladi. 
1.
Valyutalarni turlari bo‘yicha guruhlash. 
2.
Qaysi joyda saqlanish bo‘yicha guruhlash. 
3.
Qaysi maqsadlarga sarflanishi bo‘yicha guruhlash. 
4.
Qaysi manbalardan kelib tushishi bo‘yicha guruhlash. 
5.
Pul mablag‘larining turlari bo‘yicha guruhlash. 
Respublikamizda xo‘jalik subyektlariga nafaqat O‘zbekiston milliy valyutasi 
so‘mda balki boshqa chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish 
imkoniyatlari berilgan. Sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarining mazmuni quyidagicha: 
Bankdagi hisob-kitob schotidan korxona kassasiga turli maqsadlar uchun naqd pul olib 
kelishdi. Hisobdor shaxslar avans hisobotiga asosan ortiqcha oshgan pullarni korxona 



Yüklə 393,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin