Volume–28_Issue-1_May_2023 224 bermaydi. Bozor munosabatlarining vujudga kelishi faqatgina korxonalarga eskport va
import operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 52 "Valyuta schoti"ni
kiritishni ta’minlaydi.
2 Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo‘jalik subyektlarining pul mablag‘lari
harakatini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari.
Turli-tuman
mulk
shakllarining
paydo
bo‘lishi,
davlat
mulkining
xususiylashtirilishi, hissadorlik jamiyatlari, hamkorlikdagi qo‘shma korxonalar, kichik
korxonalarning vujudga kelishi o‘tish jarayoniga xos xususiyatlardandir. Bunday
sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida haqiqiy raqobat hukm surishiga,
korxonalar mustaqil ravishda chet el korxonalari bilan aloqa o‘rnatishga, mahsulot
sotishning yangi zamonaviy usullarini rivojlantirishga, tijorat banklari, xususiy
banklar, birjalar, kim oshdi savdolari faoliyatini rivojlantirishga imkoniyatlar paydo
bo‘la boshladi.
Hozirda mulkiy birlik va munosabatlarning shunday tizimini shakllantirish
lozimki, bu harakat avvalo faoliyat yakunida yuqori unum va natijaviylikni, butlik va
manfaat uyg‘unligini, eng muhimi bozor to‘kin-sochinligi va jamiyatimiz farovonligini
ta’minlasin. Moliyaviy axborot bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil
qilishdir. Tahlil qilishda xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda
asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Korxona moliyaviy ahvolini
tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu
jumladan, "Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot" shaklini erkin o‘qiy olishi, uning
moddalarini tushunishi, shuningdek xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishlari
kerak. Moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, korxona to‘g‘risida katta hajmda
ma’lumot olish, uning moliyaviy ahvolini xizmat va bozor faolligini tahlil qilish
mumkin.
"Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot"da korxona moliyaviy resurslaridagi barcha
o‘zgarishlar pul mablag‘lari nuqtai-nazaridan aks ettiriladi:
-
Xo‘jalik faoliyatida olingan pullar harakati;
-
olingan hamda to‘langan foizlar va dividendlar;
-
to‘langan soliqlar;
-
olingan va qo‘yilgan investitsiyalar;
-
aksiyalar va zayomlar, shuningdek ijara majburiyatlari bo‘yicha tushumlar va
to‘lovlar.
Kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘laridagi barcha
o‘zgarishlar shunday tartibda aks ettiriladiki, u pul mablag‘lari qoldig‘i bilan ularga
ekvivalent bo‘lganlar o‘rtasida, ya’ni, qisqa muddatli yuqori likvid investitsiyalar,
erkin ayirboshlanadigan pul mablag‘lari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash
imkonini beradi. 4-son shaklga "Valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida
ma’lumotnoma" ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar, valyuta