Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 393,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix16.12.2023
ölçüsü393,74 Kb.
#183894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
217-227

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–28_Issue-1_May_2023 
225 
mablag‘lari tushumi va xarajati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Korxonaning 
moliyaviy ahvoli ko‘p jihatdan real pul aylanmasiga bog‘liq. Korxonaning hisob-kitob 
va o‘zga hisob raqamlari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining kelib tushishi va ularning 
sarflanishiga pul mablag‘lari oqimi deyiladi. Korxona ishining samaradorligiga
barqaror moliyaviy holatga korxonaning hisob-kitob va o‘zga hisob raqamlariga pul 
mablag‘lari o‘z vaqtida va to‘la hajmda kelib tushishi va to‘lanishi natijasida erishish 
mumkin. Pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl "Pul mablag‘lari 
to‘g‘risidagi hisobot" moliyaviy hisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi "Korxona 
(tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida"gi statistika 
hisoboti asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot – moliyaviy hisobot hujjati bo‘lib, unda joriy 
xo‘jalik faoliyati jarayonida pul mablag‘lari kelib tushishi, sarflanishi va ularning yil 
boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuningdek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga 
yo‘naltirilgan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Pul mablag‘lari oqimiga so‘m va 
valyutadagi pul mablag‘lari kiritiladi. Shu tufayli 4-shakl "Pul mablag‘lari to‘g‘risidagi 
hisobot" moliya hisobotida maxsus "Valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi 
ma’lumotnoma" bo‘lib, unda ularning davr boshi va oxiridagi qoldig‘i va ularning 
kelib tushish va sarflanish summasi ko‘rsatiladi. Pul mablag‘lari oqimini o‘rganishda 
ishlatiladigan asosiy quyidagicha atamalardan iborat: 
Pul oqimlari – pul va pul mablag‘larining hamda so‘m va o‘zga ekvivalentlarining 
kirimi 
(kelib 
tushishi) 
va 
chiqimi 
(sarflanishi). 
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag‘lariga erkin almashtiriladigan qisqa muddatli 
likvidlanadigan, qiymati o‘zgarishi xatariga kamroq moyil bo‘lgan investitsiyalar. 
Pul mablag‘lari – bu kassadagi naqd pul va talab bo‘yicha beriladigan depozitlar, 
shuningdek, hisob-kitob, valyuta va o‘zga bank hisob raqamlaridagi mablag‘lar. 
Operatsiya faoliyati – bu investitsiya va moliyaviy faoliyatni istisno qilganda
korxonaning 
daromad 
keltiradigan 
asosiy 
va 
boshqa 
faoliyati. 
Investitsiya faoliyati – pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va 
boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish. 
Moliyaviy faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‘lib, u natijada 
o‘z sarmoyasi va qarz olingan mablag‘lar hajmi va tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. 
Pul mablag‘larining oqimini quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar ta’riflaydi: 
1.
Pul mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi summasi. 
2.
Kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘larining tuzilmasi. 
3.
Kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘larining o‘zaro saldosi. 
4.
Kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘lari nisbatining koeffitsiyenti (pul 
mablag‘lari oqimi koeffitsiyenti). 
Kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘larini summasi moliyaviy hisobot shakli 
bo‘lmish 4-shakl "Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot" bo‘yicha to‘rt guruhga 



Yüklə 393,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin