Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 393,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix16.12.2023
ölçüsü393,74 Kb.
#183894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
217-227

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–28_Issue-1_May_2023 
220 
boyliklar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul to‘laganda; mexnatga haq to‘lash va 
turli xo‘jalik ehtiyojlari uchun kassaga naqd pul olib kelinganda; davlat budjeti va 
sug‘urta organlariga majburiyat yuzasidan pul o‘tkazib berilganda; bankdan olingan 
ssudalar va ularning foizi qaytarilganda; xo‘jalik faoliyatiga doir boshqa to‘lovlar 
to‘langanda. Naqd pul hisob-kitob schotidan pul schotiga asosan beriladi. Xo‘jalikning 
farmoyishi bilan to‘lanadigan boshqa barcha naqd pulsiz to‘lovlar tulov topshirig‘iga 
asosan rasmiylashtiriladi. Bu hujjat uch nusxada tuzilib bankka topshiriladi. To‘lov 
topshirig‘ining 1- 2- nusxasini bank olib qoladi, 3-nusxasiga pul to‘langanligi 
to‘g‘risida belgi quyib to‘lovchi tashkilotga qaytarib beradi. Bank xo‘jalikning hisob-
kitob schotidan mustaqil ravishda mol yuboruvchining to‘lov talabnomasiga asosan 
haqdor tashkilotga o‘tkazadi. Bunday vaqtda to‘lovchi korxonadan xech qanday 
farmoyish hujjatlari talab qilinmaydi. Xo‘jalik haq to‘lashini belgilangan tartibda 
asosli rad etgan vaqtdagina bank pul o‘tkazib bermaydi. Ba’zi hujjatlarga asosan bank 
korxonaning hisob-kitob schotidan so‘zsiz (to‘lovchining rozi bo‘lishi yoki 
bo‘lmasligiga qaramasdan) pul oladi. Bunday hujjatlarga xalq sudining ijro varaqalari, 
davlat arbitraji organlarining buyruqlari kiradi. Bunday hujjatlarga asosan kreditor 
tashkilot to‘lov talabnomasi yozib bankka topshiradi. Bank bu pulni so‘zsiz undirib 
beradi. Korxonaning hisob-kitob schotidan sarflanadigan pulni bank tomonidan 
hujjatlarning kelib tushish ketma-ketligiga qarab to‘laydi. Korxonaning o‘z hisob-kitob 
schotidan pul mablag‘lari harakati ustidan nazorat qilib turish uchun bankdan vaqti-
vaqti bilan ko‘chirma olib turadi. Bu ko‘chirma hisob-kitob schoti buyicha bankda 
yuritiladigan shaxsiy schotning ikkinchi nusxasi hisoblanadi. Ko‘chirmada hisob-kitob 
schotiga tushgan va undan to‘langan hamma pul mablag‘lari ko‘rsatiladi. Pul 
mablag‘lari xo‘jalikning buyrug‘idan tashqari hisob-kitobidan sarflangan hollarda 
ko‘chirmaga tegishli hujjatlar ilova qilinadi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, bank 
uchun korxonalarning hisob kitob schotlari passiv schot bo‘lib hisoblanadi. Shuning 
uchun uning kreditida ko‘payishi, debetida kamayishi aks ettiriladi. Banklar (korxona 
bilan kelishgan holda) ko‘chirmani berish muddatini belgilaydi, shu bilan birga 
ko‘chirmani tekshirish muddati, ya’ni bank yozuvlariga norozilik bildirish muddati 
ham belgilanadi. (2 kun) Ko‘chirmalarni tekshirish paytida aniqlangan xatolar hisob-
kitob schotida bank tomonidan yozilgan summada aks ettiriladi. 
Shu bilan birga xato yozilgan summa "Da’volar bo‘yicha hisob-kitob" schotiga 
o‘tkazib qo‘yiladi. Bildirilgan da’volar bank tomonidan hal etilganda bu schot 
yopiladi. Bu xildagi hisob-kitob schoti xo‘jalik ma’lumotlari bo‘yicha ham bir xilda 
qoldiqqa ega bo‘lish imkonini beradi. Hisob-kitob schotining qoldig‘i doimo debetida 
bo‘ladi. 
Bankning 
ko‘chirmasida 
keltirilgan 
summalar 
qarshisiga 
korrespondentlanuvchi schotlarning nomerlari yozib chiqiladi, so‘ng kirimga olingan 
pul mablag‘lari summasiga 51 schot debetlanib, chiqim summalariga esa 51 schot 
kreditlanadi. Bankdagi valyuta schoti korxonaning respublika hududidagi va xorijdagi 



Yüklə 393,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin