Volume–28_Issue-1_May_2023 219 kassasiga topshiriladi.
Yakka uy-joy qurish uchun olingan ssudani xodimlar tomonidan kassaga
topshirganda. Kvartirada turuvchi xodimlar va farzandlari bolalar muassasalarida
tarbiyalanganligi uchun ota-onalar tomonidan o‘z qarzlarini kassaga topshirsa.
- Mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan naqd pullar kassaga topshirilsa.
- Kassa limitidan ortikcha pullar bankdagi hisob-kitob schotiga topshirilsa.
- Kassadan ishchi va xizmatchilarga ish haqi va nafaka berilganda.
-
Kassadan
hisobdor
shaxslarga
avans
berilganda.
-
Kassadan
dividendlar
to‘langanda.
- Ish haqi, mukofotlar va boshqa shunga uxshash tulovlarning deponentga o‘tkazilgan
summalari kassadan to‘langanda.
Kassa
muomalalarining
hisob
(dastlabki
hisobdan
to
balansda
umumlashtirilgunga kadar bulgan davrni) jarayonini sxemada kuyidagicha aks
ettirilish mumkin.
Xar bir korxona bankida hisob-kitob schoti ochiladi. Bu schotda korxona o‘z pul
mablag‘larini saqlaydilar va turli tashkilotlar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar olib
boradilar. Korxonalarning pul mablag‘lari hisob-kitob schotida saqlanganligi uchun
bank ma’lum miqdorda foiz to‘laydi. Korxonalar hisob-kitob schoti ochish uchun
belgilangan shaklda maxsus ariza. Bu arizaga korxona rahbari va bosh buxgalteri imzo
qo‘yadi, imzolar qo‘yilgan va pechat bosilgan kartochka (ikki nusxada). Korxona
rahbari va bosh buxgalterning kartochkada qo‘yilgan imzolari yuqori organ tomonidan
tasdiqlanadi.
Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari quyidagi xo‘jalik muomalalari natijasida
ko‘payishi mumkin: davlatga sotilgan mahsulot uchun pul olinganda; chet
tashkilotlarga bajargan ish va xizmatlar uchun pul olinganda; banklardan ssudalar
olinganda; kassadagi limitdan ortiqcha pullar o‘tkazilganda; asosiy xo‘jalik
faoliyatidan boshqa daromadlar tushganda. Hisob-kitob schotiga tushadigan pul
mablag‘lari bank qoidalariga muvofiq namunaviy hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi.
Masalan, sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tayyorlov
tashkilotlari va boshqa xo‘jaliklardan tushadigan pullarni bank bu tashkilotlarning o‘z
qarzlari uchun pul o‘tkazishi to‘g‘risidagi hujjatlariga asosan o‘tkazadi. Korxona
kassadagi naqd pulini bankdagi hisob-kitob schotiga naqd pul topshirish to‘g‘risida
yozilgan ma’lumotnomaga asosan topshiradi. Bunda bank pul qabul qilinganligi
to‘g‘risida kvitansiya beradi. Ayrim hollarda tovar muammolariga doir pul mol
yuboruvchining hujjatlariga asosan ham undirilishi mumkin. Bunday hollarda xo‘jalik
o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka maxsus hujjat to‘lov talabnomasi yozib topshiradi.
Bank shu hujjatga asosan hisoblangan pullarni to‘lovchi schotidan mol yuboruvchining
schotiga o‘tkazadi. Korxonaning hisob-kitob schotidagi pul quyidagi to‘lovlar hisobiga
kamayishi mumkin: boshqa tashkilot va korxonalardan olingan mol va moddiy