Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 78 November, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal kamerasi hosil qilinadi (uglevodorodli eritma shuningdek, etan yoki propan). Neft
undagi eritmalar diffuziyasi hisobiga suyuladi va gravitatsion kuch ta‟siri ostida
mahsulot olinadigan quduqlar tomon kameralar chegarasi bo„yicha oqib tushadi. Bu
metod bo„yicha neft olish koeffitsiyenti 60 % yetadi, lekin ma‟suldorlik su‟rati ancha
past.
Shunday qilib, og„ir neft va tabiiy bitum uyumlarini qazib chiqarishning
“sovuq” metodlari bir qator kamchiliklardan iborat. Bu kamchiliklarga neft
qovushqoqligining maksimal qiymati bo„yicha chegaralanishi va qazib chiqarish
su‟ratining pastligi. Shuning uchun og„ir neft va tabiiy bitum konlarini qazib
chiqarishni loyhalashga qatlamga issiqlik metodi orqali ta‟sir qilish bilan bog„liq
holda amalga oshirilishi kerak.
Qazib chiqarishning issiqlik metodi Neft konlarini qazib chiqarishning issiqlik metodi turlicha ko„rinishdagi ikkita
prinsipga bo„linadi. Birinchi, qatlam ichi yonish jarayoniga asoslangan bo„lib,
damlovchi quduqlarning quduq tubi zonasida koksli qoldiqlarning yonishini
ta‟minlash yo„li bilan vujudga keltiriladi (odatda TEN turidagi –quduq tubinini
qizdiradigan qurulmadan foydalaniladi), bunda damlovchi quduqlar orqali havo
(quruq yong„in uchun) yoki havo va suv (nam yong„in uchun)hadash yo„li bilan
yong„in fronti ko„chiriladi. Ikkinchi, chet elda ko„p qo„llaniladigan ko„rinishi bu
neftli qatlamda issiqlik tashuvchi haydashga (yer yuzasidan) asoslangan [5].
Mazkur metodlar qatlamga kislorod (havo) haydalganda uning qatlamdagi neft
bilan reaksiyaga kirishishi natijasida katta miqdorda issiqlik (qatlam ichra yonish)
ajralib chiqishiga asoslangan. Bu metodlar quduq tubida neftning yonishi natijasida
to„plangan issiqlikning qatlam ichiga siljishidan mahsuldor qatlamda issiqlik
to„planishiga asoslanadi. Qatlamga haydalgan havo yonish zonasini qatlam ichra
harakatlantiradi. Neft uyumlarini ishlatishda quyidagi metodlardan foydalaniladi [4]:
1. To„g„ri yo„nalgan «quruq» yonish, havo haydaladigan quduq tubida neft
yondiriladi va yonish zonasi haydalayotgan havo bilan aralashib, suyuqlik chiqarib
olish qudug„i tomon siljiydi;
To„g„ri yo„nalgan nam yonish yoki o„rta nam yonish, bunda qatlamga ma‟lum
bir nisbatda havo va suv haydaladi. Natijada yonish fronti oldida qaynoq suv
hoshiyasi hosil bo„ladi, ya‟ni yonish fronti oldidagi zonaga issiqlik kirib keladi, bu
o„z navbatida haydalayotgan havo sarfini keskin kamaytirgan holda neftni chiqarib
olish koeffitsientining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi jarayon nisbatan samarali hisoblanadi. Bunda ham
neftni siqib chiqarishda qatlamga bug„ haydalgandagi kabi hamma
omillardan foydalaniladi, bundan tashqari bu jarayonga xos