Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 81 November, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Qaynoq suv yordamida neftni siqib chiqarish . Bu metod yuqori
qovushqoqlikka ega bo„lagan neft uyumlarini ishlatishda, shuningdek, yuqori
parafinli neft uyumlaridan neft chiqarib olish koeffitsiyentini oshirishda qo„llaniladi.
Bu metodda ham neftni chiqarib olish koeffitsiyentini oshirishda qatlamga bug„
haydash metodida qayd qilingan omillardan foydalaniladi. Lekin qaynoq suv
yordamida qatlamdan neftni siqib chiqarish metodi kam samarali bo„lib, qatlamni
qizdirishga juda katta miqdorda suv haydashni talab qiladi. Qatlamning qizish zonasi
neftni siqib chiqarish frontidan kechikkanligi sababli mahsuldor qatlamga undagi
bo„shliq hajmidan 3-4 marta ko„p hajmdagi qaynoq suv haydaladi.
Ushbu metod uyumni ishlatish chog„idagi temperaturaning ozgina pasayishi
natijasida qatlamda parafinning cho„kishi va jins g„ovaklarining bekilib qolishi
mumkin bo„lgan sharoitlarda qo„llaniladi. Parafinning cho„kishining oldini olish
maqsadida temperaturasi qatlam temperaturasidan yuqori bo„lgan qaynoq suv
qatlamga haydaladi (suv quduq tubiga etib borguncha temperaturasining yo„qotishi
hisobga olinadi).
Shuningdek, obyektlarni tanlashda xuddi qatlamga bug„ haydashdagi kabi
qaynoq suv haydashda ham quduqda va qatlamda issiqlik yo„qotilishi hisobga olinadi
[5].
XULOSA Shunday qilib, yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitum zaxiralari ananaviy
kichik va o„rta qovushqoqlikga ega bo„lgan neft zaxiralariga nisbatan bir qancha katta
bo„lib, dunyoda qazib olish murakkab bo„lgan xomashyo konlari keng tarqalgan.
Og„ir neft va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish bo„yicha Kanada, AQSH,
Rossiya, Venesuela, Nigeriya va boshqa davlatlarda jadal amalga oshirilmoqda.
Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitumlarlarni kompleks xomashyo sifatida
qarash kerak. Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitumlarlar tarkibiga neftli kislota,
sulfokislotalar, oddiy va murakkab efirlar kabi qimatbaho geteroorganik brikmalar,
noyob katalizator manbayi bo„lib, xizmat qiladigan metalloporfirinlar,
sensibilizatorlar, organik yarim o„tkazgichlar kabi noyob komponentlar uchraydi. Bu
komponentlar va birikmalar tibiyotda, biotexnologiyada, kimyoviy texnologiyada
mikroelektronikada foydalaniladi, shuning uchun, texnologiya jadal rivojlanadigan
davlatlarda bu maxsulotlarga talab yuqori.
Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitumlarni qazib qicharish yo„nalishini
rivojlantirish, quyidagi ishlarni o„z ichiga oladi:
-yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitum konlarini qazib
chiqarish bo„yicha chet el tajribasini o„rganish;