Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish samaradorligini oshirish


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 118,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix20.12.2023
ölçüsü118,58 Kb.
#187354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yuqori-qovushqoqli-neft-va-tabiiy-bitum-konlarini-qazib-chiqarish-samaradorligini-oshirish

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 11 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
79
 
November, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
bo„lgan qo„shimcha omillar (karbonat angidrid gazining suv bilan aralashmasi, sirt-
faol moddalar va b. yordamida neftni siqib chiqarish) ham qo„llaniladi. 
Qatlam qanchalik katta chuqurlikda yotsa, havoni haydash bosimi ham 
shunchalik yuqori bo„ladi, shu sababli yuqori bosimli kompressorlardan 
foydalaniladi. Bu metoddan foydalanishda 1500-2000 m chuqurlikdagi uyumlarni 
tanlash ijobiy natija beradi. Uyumdagi qatlamning qovushqoqligi 10 dan 1000 mPa·s 
bo„lganda ham bunday metodlardan foydalanish mumkin. Bunday neftlar tarkibida 
og„ir fraksiyalari miqdori ko„p bo„lib, yonish jarayonida yoqilg„i vazifasini o„taydi. 
Yonish jarayonining texnologik imkoniyatlariga va iqtisodiy ko„rsatkichlariga ko„ra 
uni jins o„tkazuvchanligi 0,1 mkm
2
dan katta va neftga to„yinganligi 30-35% dan 
yuqori bo„lganda qo„llash tavsiya etiladi. 
Ishlatish obyektining o„rta qismidagi jinslarning o„tkazuvchanligi yaxshi, 
neftga to„yingan qalinlik 70-80 m va undan katta bo„lganda bu metodlarning afzalligi 
seziladi. Obyektning o„rta qismidagi yonish jarayoni ta‟sirida uning yuqorisida va 
ostida yotgan kam o„tkazuvchan jinslar ham qiziydi. 
Quruq yonish jarayonida temperatura 700 0S ga etadi, shu sababli bu metoddan 
terrigen kollektorlarda foydalanish mumkin, karbonat kollektorlar esa bunday 
haroratda emiriladi. Nam va o„ta nam jarayonlarda yonish tegishli ravishda 400-500 
va 200-300 0S temperaturada sodir bo„ladi, shu sababli ularni terrigen va karbonat 
kollektorlarda baravar qo„llash mumkin. 
Quruq yonish jarayoni quduqlar joylashishining zich to„rida va teplofizik 
metodlarni qo„llashda ham samara beradi. Nam yonish jarayonida agar yonish fronti 
oldidagi qizdirilgan zona o„lchami katta bo„lsa, quduqlarning joylashish to„ri zichligi 
16-20 ga/quduq bo„ladi [4]. 
Neftli qatlamda issiqlik tashuvchi haydash metodi turlicha ko„rinishidagi ikkita 
texnologiyaga ega. Birinchi – issiqlik tashuvchi va uning xoshisi bilan neftni 
sizishiga asoslangan. Bunday turlilik qo„llanilgan issiqlik tashuvchi turidan kelib 
chiqib, qatlamda bug„ issiqlik ta‟siri va qaynoq suv ta‟siri nomini olgan. Ikkinchi – 
mahsulot oladigan quduq tubi zonasini bug„ issiqlik bilan ishlov berish. Bunday 
holda issiqlik tashuvchi sifatida to„yingan suv bug„idan foydalaniladi [5].
Yonish uchun yoqilg„i sifatida gaz bilan yonishdan, suv bug„i, suv, yonish 
fronti oldida neft fraksiyalarining bug„lanib ketishiga duchor bo„lgan va boshqa 
murakkab fizik-kimyoviy jarayonlardan qatlamga qolgan qolgan qatlamda neftning 
bir qismi sarflanadi. Neft zaxirasining 5-25 % yonib ketadi. Tadqiqotchilar 
tomonidan neftning zichligi va qovushqoqligi ortishi bilan 
yonadigan yoqilg„i sarflanishi ortadi, o„tkazuvchanlik ortishi bilan 
esa kamayadi [5].



Yüklə 118,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin