Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish samaradorligini oshirish


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 118,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix20.12.2023
ölçüsü118,58 Kb.
#187354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yuqori-qovushqoqli-neft-va-tabiiy-bitum-konlarini-qazib-chiqarish-samaradorligini-oshirish

 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 11 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
73
 
November, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
KIRISH
Tabiiy bitumlar va noananaviy uglevodorod xom oshyosini o„zlashtirish 
muammolari dolzarb muammolardan biri hisoblanib asosan yuqori sanoat 
potensialiga ega bo„lgan, infrastruktura rivojlangan va yuqori malakali kadrlarga ega 
bo„lgan davlatlar uchun eng dolzarb muammo hisoblanadi [1].
Tabiiy bitumlar–genetik jihatdan turli darajada gazsizlangan, yengil 
fraksiyalarini yo„qotgan, qovushqoq, yarim qattiq tabiiy neft hosilalarini (maltalar, 
asfaltlar, asfaltitlar) o„zida namoyon qiladi [2]. Bular, bitumli jinslar kabi – 
sanoatning ko„p tarmoqlari uchun qimmat baho ko„p maqsadli xomoshyo 
hisoblanadi. Yoqilg„i-energetika sanoati uchun uglevodorod xomashyosining 
qo„shimcha manbayi hisoblanadi. Qurilish sanoatida asfaltbetonli qorishma sifatida 
ishlatiladi. Metallurgiya tarmoqlarida – yo„ldosh metall komponenti sifatida 
foydalaniladi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan baholanishi bo„yicha tabiiy 
bitumlarning dunyo bo„yicha geologik resurslari taxminan 260 mlrd tonnani tashkil 
qiladi, ularning olinadigan resurslari 70 mlrd tonna bo„lib, shuning 70 % atrofidagi 
resurslari Kanada hududida to„g„ri keladi.
O„zbekiston hududida og„ir neft 
=0,98) hosil bo„lish sharoiti bo„yicha uch 
turga bo„lish mumkin: 1) gipergen-suv-neft almashinishi jadal kechadigan zonada 
o„zgarishi bo„yicha; 2) paleogipergen-o„zgarishsiz; 3) katta chuqurlikda to„plangan 
og„ir neftlar. 
Birinchi guruhdagi og„ir neftlarga, Farg„ona havzasining adir zonalarida 
(Shorsu, Shim. Rishton, Sel-Roxo va b.) yer yuzasiga tabiiy chiqib qolgan va yuqori 
gorizontlardagi neftlar kiradi. Tektonik jadal zonalarda mineralizatsiyasi kam bo„lgan 
harakatchan suvlarning uzoq vaqt ta‟siri natijasida aerobli-mikroflorlar va boshqa 
atmosfera 
agentlari 
benzinli 
yengil 
fraksiyasini 
yo„qolishiga, 
qisman 
parafinsizlanishiga va boshqa qayta tiklanmaydigan elementlarning yo„qolishiga olib 
kelgan. Bunday neftlar (naftidlar) – malta, asfaltlar, asfaltitlar, keritlar neft qatoridagi 
bitumlarni hosil bo„lishi jarayonida oraliq neftlar deyiladi. 
Ikkinchi guruhdagi og„ir neftlar, Afg„ona-Tojik botiqligida tarqalgan bo„lib, 
paleogen yotqiziqlarida yuqori oltingurgutli ( 5% gacha) kam benzinli neft, aromatik 
uglevodorodlar (NK – 300 
0
С fraksiyada o„rtacha 28 %), tarkibida 25 % gacha azot, 
15 % gacha uglerod ikki oksid bo„lgan gazlar bilan boyigan. 
Bunday neftlar, karbonat-sulfat yotqiziqlarida yotadi va ular 



Yüklə 118,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin