Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 77 November, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Neftberaoluvchanlikni oshirish uchun bug„li issiqlik ta‟siridan foydalanilgan.
Qazib chiqarishning har qanday tizimining samaradorligi iqtisodiy
ko„rsatgichlar bilan belgilanadi – neft qazib olishdagi xarajatlar, neft olish va neft
olish koeffitsiyenti sur‟atlari.
Neft qazib olishning “sovuq” usullari
Og„ir neftlarni qazib olishning “sovuq” metodlariga birinchi navbatda
«CHOPS» metodini kritish mumkin, bu metod kuchsiz sementlangan kollektor
jinslarning yemirilishi hisobiga qum bilan birga neftniqazib chiqarish va neft va qum
qorishmasini oqishi uchun qatlamga mouvofiq sharoitni vujudga keltirish ehtimoliga
ega (Kanadadagi Lloydminster koni). «CHOPS» metodini qo„llashda ekpluatatsion
xarajatlar kam bo„ladi va katta investitsiya talab qilinmaydi, lekin, bunday holda neft
beraoluvchanlik koeffitsiyenti 10 % dan oshmaydi. “Sovuq” usulda neft qazib olishda
maxsus jihozli nasoslardan keng foydalaniladi (misol uchun, vintli nasos), bu
nasoslar yordamida maxsus vujudga keltirilgan qatlam flyuidi va qum qorishmalari
tortib olinadi. Qumlarni qazib olish yuqori o„tkazuvchanlikga ega bo„lgan uzun
kanallarni hosil qiladi (yoki kovaklarni hosil qiladi). tajribalar shuni ko„rsatadiki
ba‟zi kanallar ekspluatatsion quduqlardan 200 metrgacha masofagacha qochishi
mumkin. Ko„pikli neft bilan yuqori o„tkazuvchan kanallar birgalikda neft
oluvchanlikning yuqori koeffitsiyentini ta‟minlaydi va Lloydminster konidaga bir
qancha neftli qatlamlarda yuqori mahsuldorlik kuzatiladi. Sovuq qazib olish
texnologiyasining tijorat samaradorlikga ega bo„lsadauning imkoniyatlarini
chegaralaydigan bir qancha belgilar mavjud. Mavjud baholangan belgilar bo„yicha
hozirgi vaqtda qazib olinadigan neft hajmi 36 500 m
3
/sut. tashkil qiladi (230 000
barr./sut.), bunda keyingi o„n yillikda qazib chiqarish hajmi 50 % ga pasayishi
prognoz qilinadi. Mahsuldorlikning bunday pasayishiga quyidagi mezonlar sabab
bo„ladi:
● sovuq metod bo„yicha mahsulot olish uchun yaroqli konlarni yo„qligi;
● kanallar to„ri bo„yicha suvni oqib kelishi hisobiga quduqlarning suvlanishi;
● qatlam bosimi va qatlam energiyasini pasyishi;
● suyuqli oqimi pastligi va yuqori gaz omili;
● yuqorida ko„rsatilgan sabablar ta‟sirida 7-8 yildan ortiq quduqlardan
foydalanish imkoniyati yo„q.
Og„ir neft va tabiiy bitumni eritmalardan foydalanib qazib olishning “Sovuq”
metodi safiga VAPEX» metodni qo„shish mumkin, bu metod bo„yicha gravitatsion
drenaj rejimda qatlamga eritma haydaladi. Bu metod bo„yicha
gorizontal quduqlar bug„i foydalanib qatlamga ta‟sir qilish taxmin
qilinadi. Yuqorida eritma haydash hisobiga bulardan eritma